Toşkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Sankt-Peterburg şahrida bölib qaytdi.
Safar davomida universitet prorektorlari Bahodir Törayev va Abdulaziz Gulyamov Peterburg davlat yöl aloqalari universiteti rahbariyati bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Peterburg universiteti birinçi prorektori Tamila Titova bilan ta'lim sohasida özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi. Xalqaro transport ta'limini rivojlantiriş mexanizmlari va ustuvor vazifalari, hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlaşning muhim yönalişlari, ilm-fan sohasida özaro istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari tahlil qilindi.
Muloqot davomida bir qator kelişuvlarga erişildi.
Xususan, 2021/2022 öquv yilidan ikki tomonlama diplom beruvçi 1+1 şaklidagi qöşma ta'lim dasturiga muvofiq 7 ta mutaxassislik böyiça magistratura bosqiçiga talabalar qabul qilinadi.
Şuningdek, transport ta'limi rivojlanişining innovatsion yölini ta'minlaş, sohada ilmiy tadqiqotlar natijalari raqobatbardoşligini oşiriş, ulardan iqtisodiyotni rivojlantiriş manfaatlari yölida foydalanişni jadallaştiriş maqsadida hamkorlikda Toşkent davlat transporti universiteti qoşida Temir yöl transportida ilmiy-tatbiq ekspert markazini taşkil etiş rejalaştirildi.
Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ispaniya, Yaponiya, Afrika davlatlari bilan hamkorlikda Tezyurar transport tizimlari yönalişi böyiça köp tarmoqli universitet ta'lim dasturini yaratişga kelişildi. Unga muvofiq 2021/2022 öquv yilidan köp tarmoqli universitetga qabul qilingan bakalavr talabalari yagona ta'lim dasturi asosida 7 ta davlatlar transport universitetlariga bir semestr uçun öqişga yuboriladi. Natijada bitiruvçilar hamkor davlat universitetlarining diplomlariga ega böladi.
P/S: Hozirgi vaqtda Peterburg davlat yöl aloqalari universitetida Toşkent davlat transport universitetidan 29 nafar aspirant hamda doktorantlar turli mutaxassisliklar böyiça tahsil olmoqda.
Toşkent davlat transport universiteti axborot xizmati Ⓣ








