Xalqimiz azaldan ilmli, ma'rifatli kişilarni qadrlagan, ilm ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlagan. Şundan bölsa kerak, xalq orasida “Bilagi zör birni yiqar, bilimi zör mingni” degan naql keng tarqalgan. Şuning uçun ham muqaddas dinimizda ilm-ma'rifat doimo uluğlanib kelgan. Imom Buxoriyning “Al-jome' as-Sahih” kitobida “Dunyoda ilmdan boşqa najot yöq va bölmagay” deb ilmga urğu berib ötganligi bejiz emas.
Prezident Şavkat Mirziyoyev barça ma'ruzalarida ilm-fan, innovatsiya, şijoat va taşabbuskorlik xususida takror va takror ta'kidlaydi. Darvoqe, ta'lim-tarbiya uzluksiz jarayon bölib, uşbu jarayonda heç qaçon tanaffus bölmaydi. Va şu örinda ta'lim va tarbiya yuksak mas'uliyat talab etadigan jarayondir. Şuning uçun ham ta'lim va tarbiya ijtimoiy islohotlar zanjiridagi eng muhim halqa hisoblanadi.

Bugungi davr talablariga mos ravişda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakat istiqboli uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olişga qodir, taşabbuskor, xalq manfaati yölida bor salohiyatini safarbar qiladigan, şijoatli yoşlarni tarbiyalaş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş uçun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi – deyiladi 2017 yil qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston Yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi farmonida.
Keyingi beş yilda davlat rahbarining aholini, qolaversa, yoşlarni ilm-fanga çuqur yönaltirişga qaratilgan taşabbuslari samarasi ölaroq yurtimizda maktabgaça ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari hamda oliy ta'lim tizimida hamda ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatida “portlaş effekti” darajasi yuz berayotganini kuzatiş mumkin. Yoşlar orasida kitobxonlikni keng tarğib etiş, kompyuter savodxonligi, kasb-hunar egallaşga qaratilgan yangiça yondaşuv, öz bilim va könikmalarini xalqaro maydonda munosib namoyiş etişga qodir farzandlarimiz kun sayin köpayayotgani har qanday vatanparvar kişining qalbida iftixor tuyğularini uyğotmasdan qolmaydi.
Bugun nafaqat yoşlar, butun boşli aholi globallaşuvning şiddatli davrini öz boşidan keçirmoqdaki, bunday tahlikali davrda millat, mamlakat, genofond, kerak bölsa, ma'naviyat xavfsizligi borasida har bir fuqarodan yuksak mas'uliyat talab etiladi. Ayni damda mamlakatimizda yoş avlod tarbiyasi, ularni barkamol şaxs bölib voyaga yetkaziş masalasi davlat siyosati darajasidagi eng muhim masalalardan biri sifatida qaralayotgani mamlakatimizning dunyo miqyosidagi xalqaro körsatkiçlardagi mavqeyini yanada kötarilişiga turtki bölmoqda.






