Rossiya hukumati AQŞ bilan «oçiq quruqlik» haqidagi memorandum amal qilişini töxtatdi. Uşbu hujjat rossiyalik va amerikalik diplomatlarga mos ravişda AQŞ va Rossiya hududi böylab erkin harakatlaniş huquqini bergan. Rossiya taşqi işlar vazirligida ta'kidlanişiça, memorandum AQŞ tomonidan Moskvaga nisbatan kiritilgan navbatdagi sanksiyalarga javoban bekor qilingan.

Memorandum Vaşingtonda 1992 yil iyunda imzolangan edi. Hujjat «yopiq hududlar» tuşunçasini bekor qilgan va diplomatlarga faoliyat yuritayotgan davlatlarining maxsus ruxsat talab qilinmagan hududlarida erkin harakatlaniş imkonini bergan. Şuningdek, ulardan safarlar amalga oşiriş uçun ruxsat oliş talab qilinmagan.

Rossiya taşqi işlar vazirligi AQŞning yangi sanksiyalariga javoban memorandumni bekor qilmoqçiligini aprelda ma'lum qilgandi.

Aprelda Vaşington Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilişini e'lon qilgan. Jumladan, AQŞ 10 nafar rossiyalik diplomatni öz hududidan çiqarib yuborgandi. Vaşingtonning ta'kidlaşiça, ular orasida Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari ham bölgan.