Söğd viloyati Sirdaryo böyida joylaşgan bölib, dehqonçilik uçun juda qulay. Bu yerda meva-sabzavotçilik rivojlangan. Tojikistonda yetiştiriladigan jami qişloq xöjaligi mahsulotlarining qariyb 43 foizi Söğd viloyati hissasiga töğri keladi.

«Vaxdati millat» boği 2008 yilda taşkil etilgan. Uning maydoni 700 gektar bölib, şundan 500 gektarida mevali daraxtlar ötqazilgan. Boğ hududida qariyb 300 tonna siğimli sovitiş ombori ham bor.

2018 yildan boşlab bu yerda baliq yetiştiriş yölga qöyilgan. Bugungi kunda törtta havzada oq amur, xumboş va sazan kabi baliq turlari yetiştirilmoqda.

Özbekiston bilan Tojikiston örtasida qişloq xöjaligi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Oliy darajadagi uçraşuvlar çoğida bu borada köplab şartnomalar imzolangan. Davlat rahbarining bu galgi taşrifi çoğida ham qişloq xöjaligi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça «yöl xaritasi» qabul qilindi.

Prezidentlar boğda taşkil etilgan Tojikiston qişloq xöjaligi mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdi. Meva-sabzavotlarni özaro yetkazib beriş, saqlaş va eksport qiliş böyiça soha mutasaddilariga körsatmalar berildi.

Şu bilan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy taşrifi yakunlandi. Xöjand xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kuzatdi.