«Izboskan tumanining Qöğay mahallasi - eng çekka hududlardan biri. Iqtisodiy imkoniyatlar natijasida qişloqlarga ham sanoat kirib bormoqda. Bu aholini iş bilan ta'minlaşda juda muhim.
Yaqinda uşbu mahallada «Sohib omad barakasi» klasteri tomonidan «And gold» tikuv-trikotaj korxonasi işga tuşirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari mazkur fabrika faoliyati bilan tanişdi.

Qiymati 2 million 500 ming AQŞ dollari bölgan loyiha doirasida yangi bino qurilib, zamonaviy uskunalar keltirib örnatilgan. Korxona yiliga 3 million 500 ming dona tayyor trikotaj işlab çiqariş quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan. Bu boradagi yillik imkoniyat 5 million dollardan ziyod. Kalava ip yetkazib beriş böyiça Xitoy va Rossiya bilan şartnoma tuzilgan.
Korxonada hozirça 830 nafar xotin-qiz işli böldi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari korxonada faoliyat yuritayotgan Nozimaxon Hakimova hamda 18 yoşli Zebo Nazarova bilan suhbat qilib, ularning işiga omad tiladi.

«Sizlarga özimning hurmatimni, muhabbatimni bildiraman. Özlaringiz yaşaydigan qişloqda işli bölganlaringizdan xursandman. Qaçon Izboskanda mana şunday zamonaviy korxona bölgan? Bu işlarni yana davom ettiramiz. Xotin-qizlarimiz uçun hamma şaroitlarni yaratamiz. Ayol işli bölib, kayfiyati yaxşi bölsa, oilasi ham baxtli böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Fabrika töla quvvatga çiqqanda, çekka hududdagi 1 ming 200 nafar kişi doimiy iş bilan ta'minlanadi.

Şu yerda Andijon viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari taqdimot qilindi.












