Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining bugungi holatiga baho berib, uni har tomonlama rivojlantiriş vazifalari haqida sözladi.
«Andijonga kelişimizdan maqsad - odamlarning dardini tahlil qilib, aniq rejalarni belgilaş, aholi jon boşiga daromadni oşiriş, mahallalarda şaroitni yaxşilaş. Hamma natijalarga tanqidiy qaraşimiz kerak. Andijonning birini ikki qiliş uçun yana qanday «ösiş nuqtalari» bor, odamlarni qiynayotgan nima muammolar bor, deb savol qöyib, ularga çora topiş zarur. Buning uçun ijro organi rahbarlari va mahalliy deputatlar dunyoqaraşini özgartirişi kerak. Agar ular dunyoqaraşini özgartirib, fidoyi bölib işlasa, hamma soha özgaradi», dedi prezident.

Prezident Andijon viloyati aholisining turmuş şaroitlarini yaxşilaş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
Viloyatda ulkan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Joriy yilda 271 ta köp qavatli, şuningdek, ipoteka asosida 2 ming 500 ta yakka tartibdagi uylar qurilmoqda. Şulardan 2 ming 710 ta xonadonga subsidiya ajratiladi.
Bu yil 460 kilometr içimlik suvi, 1 ming 147 kilometr elektr uzatiş tarmoqlari qurilişi va ta'mirlanişi qayd etildi.
Ta'lim, tibbiyot sohalarida ham xayrli işlar köp. Bu yil 30 ta maktab ta'mirlanadi. Matematika, kimyo-biologiya, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan 13 ta maktab faoliyati taşkil etiladi.

4 ta oilaviy poliklinika va 9 ta oilaviy şifokorlik punkti taşkil etiş böyiça topşiriq berildi. Viloyatda 1 million 500 ming aholini tibbiy körikdan ötkaziş, jumladan, 300 mingdan ortiq ayollarni mammografik va ultratovuş tekşiruvlaridan ötkaziş muhimligi ta'kidlandi.

Murakkab operatsiyalarga muhtoj, ehtiyojmand aholiga yordam beriş böyiça viloyatda maxsus jamğarma taşkil etiş taşabbusi bildirildi.
Yoşlar va ayollar muammolarini tizimli hal qiliş, ularni kasbga örgatiş va iş bilan ta'minlaş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, prezident andijonlik 100 nafar xotin-qiz uçun kontrakt tölovi viloyat hokimligi, 50 nafari uçun esa oliy öquv yurtlari tomonidan tölab berilişini ma'lum qilgan.

«Viloyatda 18-30 yoşda bölgan 568 mingdan ziyod yoşlarning 42 ming nafari «Yoşlar daftari»ga kiritilgan. Bugungi kunda «Yoşlar daftari»da qolgan 8,5 ming nafar va bu yil maktabni bitirib, mehnat bozoriga kirib keladigan 36 mingdan ziyod yoşlarning bandligini ta'minlaş kerak.
10 ming 241 nafar yoşlarning tadbirkorlik loyihalariga 211 milliard söm kredit ajratişni ta'minlaş zarur. Tuman (şahar)lar kesimida «Yoşlar jamğarmasi»da 17 milliard söm mablağ şakllantirib, 15 ming nafar yoşlarning muammosini hal etişga yönaltirilsin.
Viloyatda «Ayollar daftari»ga kiritilgan 29,5 ming nafar xotin-qizning deyarli barçasiga amaliy yordam berilgan. Jumladan, oğir turmuş şaroitida yaşayotgan, uy-joyga muhtoj 48 nafar xotin-qizga uy-joy berilgan.
1 iyuldan boşlab, viloyatdagi barça xotin-qizlarning ahvolini qaytadan örganib, «Ayollar daftari»ni yangidan şakllantiriş zarur. Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan, turmuş şaroiti oğir 132 nafar ayolga uy-joy olişda boşlanğiç badal tölab berişni ta'minlansin.
2021-2022 öquv yilida oliygohga kirgan, ota-onasidan biri yoki turmuş örtoği vafot etgan ehtiyojmand 100 nafar xotin-qiz uçun kontrakt tölovini viloyat hokimligi, 50 nafari uçun esa oliy öquv yurtlari tomonidan tölab berişni ta'minlansin», degan davlat rahbari.
Prezident viloyat sanoat istiqbollari haqida töxtaldi.
«Viloyatda metallurgiya zavodi qurilişi loyihasini tayyorlaş lozim. Toşkentda zavod qurdik, nega Andijonda qurmasligimiz kerak? Mayli, Toşkentdagidek katta bölmasin, kiçikroq bölsin. Lekin Andijon ahli ham sanoat kengayayotganini his qilişi kerak. Vaqti kelib, bu zavodlar işga tuşişiga işonaman.
Mana, yiğilişda yoşlarimiz ötiribdi, ularda ham qator savollar bor. Biz ularning kelajagiga loyiq loyihalar ustida hozirdan işlaşimiz lozim», dedi davlat rahbari.


Yiğilişda Boş vazir örinbosarlari, vazirlar, hokim va sektor rahbarlari hisobot berdi. Şahar va tuman studiyalaridagi aholi bilan oçiq muloqot böldi.













