Joriy yil 15 iyun kuni Kun.uz saytida «Denovda maktablar hududi talon-toroj qilinmoqda» sarlavhasi bilan tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Unda Denov tumanidagi 75- va 78-maktablarga tegişli hududlar tadbirkorlarga berib yuborilgani tanqid ostiga olingandi. Denov tumani hokimligi mazkur maqola yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, Denov tumanidagi 75-maktab hududidagi foydalanişga yaroqsiz holga kelib qolgan eski bino hamda unga tutaş 10 sotix yer tuman hokimining 2019 yil 13 iyuldagi 3941-sonli qarori bilan «ASLBEK-BUNYOD-FAYZ» MÇJga «Axborot-kutubxona öquv markazi» binosi qurilişi uçun ajratilgan.
Denov tuman hokimining 2019 yil 5 avgustdagi 4086-sonli qarori bilan quriliş-ta'mirlaş işlari nihoyasiga yetgandan söng 312 metr kvadratga ega «Axborot-kutubxona markazi» binosi 75-maktab balansiga, 688 metr kvadratga ega «Öquv markazi» binosi «ASLBEK-BUNYOD-FAYZ» MÇJ tasarrufida qoldirilişi belgilangan. Bu haqda 2020 yil 11 iyunda tuman hokimligi, tuman xalq ta'limi bölimi, 75-maktab ma'muriyati va «ASLBEK-BUNYOD-FAYZ» MÇJ örtasida kelişuv bitimi tuzilgan.
«ASLBEK-BUNYOD-FAYZ» MÇJ tomonidan 75-maktab hududidan «Axborot-kutubxona öquv markazi» va «ID öquv markazi» quriş uçun viloyat Quriliş hududiy nazorat inspeksiyasining 2019 yil 2 iyuldagi 564 T/X va 2021 yil 24 fevraldagi 59/TX-sonli texnik xulosasi, viloyat Quriliş Boş boşqarmasining 2020 yildagi 682/2020-sonli me'moriy rejalaştiriş topşiriği olingan. Hozirgi kunda uşbu yer maydonida quriliş işlarini davom ettiriş uçun loyiha işlari yakuniga yetkazilmagani sababli vaqtinça töxtatilgan.
Ta'kidlanişiça, 78-maktab bilan çegaradoş, tuman hokimligi zaxirasida bölgan 120 metr kvadrat yer Denov tumani hokimining 2018 yil 7 noyabrdagi 1616-sonli qarori bilan «Yetti Xazina Möjizasi» xususiy korxonasiga «Yoşlar mehnat guzari» binosi qurilişi uçun berilgan. Uşbu qaror asosida xususiy korxonaga viloyat Quriliş Boş boşqarmasining 2018 yil 6 noyabrdagi 1430/2018-sonli me'moriy – rejalaştiriş topşiriği, «Bino va inşootlar nazorat tahlil» MÇJ, «Termiz modern proyekt» MÇJ tomonidan işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlari 2020 yil 23 maydagi 110-sonli ekspertiza xulosasi olingan. Hozirgi kunda binoning 2-qavati tugallanib, 3-qavatida quriliş işlari davom etmoqda. Denov tuman xalq ta'limi bölimi va Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, uşbu yer 78-maktab hududiga kirmaydi.












