Rossiyadagi migrantlar uçun mamlakatda noqonuniy bölib turiş muddati uzaytirilgani haqida avval xabar qilingan edi. 2021 yil 15 iyun kuni RF prezidenti Vladimir Putin mamlakatda bölib turgan xorijlik fuqarolarning huquqiy maqomini tartibga solişga doir yangi farmonga imzo çekdi. Unga köra, Rossiya hududida noqonuniy bölib turgan Özbekiston fuqarolari 2021 yil 30 sentyabrga qadar öz maqomlarini qonuniylaştiriş imkoniga ega böldi.

Farmon bilan, şuningdek, noqonuniy bölib turgan migrantlar sud orqali deport qilinmasligi, ayrim jinoyatlar yoki huquqbuzarliklarni sodir etganlar istisno etilgan holda qayd qilindi. Kun.uz jurnalisti farmondan kelib çiqadigan ayrim savollar bilan Rossiyadagi özbek yuristi, Migrant loyihasi asosçisi Botirjon Şermuhammadga murojaat qildi.

– Rossiya prezidenti Putin imzolagan yangi farmondan nimalar kutilyapti?

– Bu albatta juda yaxşi farmon böldi. Şu paytgaça migrantlarga oid farmon bölmagan edi, Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari içki buyruği asosida qilingan işlarning köpi prezident farmoni sifatida çiqdi. Bu farmon va undagi qaydlar yuristlarga sudlarda böladigan tortişuvlarda katta yordam beradi. Ilgari içki buyruq bölib qabul qilingan qoidalar farmonda aks etdi. Farmon böyiça Rossiyadagi xorijlik fuqarolar ikkiga taqsimlandi. Hozirgi kunda Rossiya bilan transport aloqasi oçilgan davlatlar fuqarolari. Ikkinçisi, transport aloqasi yopiq bölgan davlatlar fuqarolari.

Endilikda 2-guruhga kiruvçi davlatlarga transport aloqasi oçilgandan keyin 90 kun davomida ularning barça huquqlari, registratsiyasi uzaytirib qöyildi. Ya'ni Ukraina, Moldova kabi davlatlarning Rossiya bilan transport aloqasi yöq, uşbu davlatlar fuqarolari yana 90 kun davomida registratsiya qilmasdan yurişlari mumkin.

Endi birinçi guruhga kiruvçi, çegarasi oçilgan davlatlar (Özbekiston, Tojikiston kabi) öşa oçilgan vaqtdan keyin 90 kun davomida ularning ham registratsiyalari çözilib qolgan. Masalan, Özbekiston, Tojikiston fuqarolari uçun 29 iyungaça barça registratsiyalar çözilib qolgan, uni uzaytirişga boriş şart emas. Faqatgina 30 iyunda uning qölida yo registratsiya bölişi kerak, yoki patent asosida çözilişi kerak. Köpçilik 30 sentyabrgaça çözildi degan notöğri tuşunçaga boryapti. Bu töğri emas.

Rossiyadagi özbek yuristi, Migrant loyihasi asosçisi Botirjon Şermuhammad

Yana bir narsa bor, umuman hozirgi kunda huquqiy holati nolegal bölgan fuqarolarda 30 sentyabrgaça Rossiya içki işlar idoralariga murojaat qilib özining huquqiy holatini qonuniy qilib oliş imkoniyati bor. Ya'ni 29 iyungaça Özbekiston fuqarosining registratsiyasi çözilmagan taqdirda ham 30 sentyabrgaça ariza yozib murojaat qilişi mumkin, lekin unga jarima solinadi va huquqiy holati töğrilab berilişi mumkin.

Şu bilan birga 30 sentyabrdan keyin patensiz yoki registratsiyasiz yursa bölar ekan, degan fikrga boriş notöğri. Rossiya politsiyasi köçada xorijlik fuqaroni uşlab, uning patensiz yoki registratsiyasiz yurganini aniqlasa, uni ma'muriy javobgarlikka tortişga haqqi bor.

Bundan taşqari, yana bir funksiya bor, 30 sentyabrgaça Rossiyadan ma'muriy çiqarib yuboriş, ya'ni sud orqali deportatsiya qiliş yoki boşqaça holatda bu davlatga kirişni taqiqlaş mumkin emas. 29 iyundan keyin hujjatsiz yurgan Özbekiston fuqarosiga jarima solinişi mumkin, lekin sud orqali mamlakatdan çiqarib yuborilmaydi.

Farmon bilan migrantlarga öz faoliyatini qonuniy qilib oliş imkoniyati berilmoqda. Lekin huquqşunoslarda bir savol paydo bölyapti: Rossiya qonunçiligiga köra, ilgari qilingan ma'muriy huquqbuzarlik bir yildan oşsa, migrantga nisbatan jazo qöllaş mumkin emas. Lekin Rossiyaga kirişga taqiq qöyilişi böyiça kiritilgan sönggi özgartirişga binoan 10 yil avval Rossiya qonunçiligini buzgan bölsa ham, Rossiyaga kirişga taqiq qöyilişi mumkin.

Farmonda esa migrant öz faoliyatini qonuniy qilganidan, deylik, 6 oy–1 yil ötganidan keyin öşa eski qilgan noqonuniy harakatlari uçun “zapret”ga tuşmaydi, degan gap yöq. Muammoli jihati şuki, taqiq qöyişi ham, qöymasligi ham mumkin.

Quvonarlisi, Özbekistondan kelib noqonuniy yurgan 300 mingdan ortiq migrantga imkoniyat yaratildi. Heç bölmaganda yaşirinib yurmasdan, qonuniy maqom olib, işlaşi mumkin böladi.

– Farmonda istisno holatlar haqida ham söz ketgan. Bu holatda qanday böladi?

– Ozodlikdan mahrum qiliş joylarida ötirib çiqqanlar, ekstremist, terrorist, mitinglarda qatnaşganlar va şu kabilar öşa toifaga kiradi. Şuningdek, bandda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini buzganlar degan joyi bor va bu mavhum tuşunça. Bunga köplab holatlarni kiritib yuboriş mumkin. Lekin amaliyotda kuzatilyaptiki, migratsiya qonunçiligini buzganlarga bu me'yorlar qöllanilmayapti.

– Patent olişga ariza yoziş uçun borgan migrant masalasi qançalik ijobiy körib çiqiladi amaliyotda?

– Bu albatta ijobiy köriladi, sababi prezident farmoni turibdi. Köpçilik adaşayotgan nuqtalardan biri şuki, kimda Rossiyaga kirişga sud orqali taqiq qöyilgan bölsa, ular uçun bu farmon işlamaydi. Ariza yozişga borgan fuqaro qidiruvda bölmasa, ilgari deport qilinmagan bölsa, faoliyatini qonuniylaştirişga monelik bölmaydi. Lekin deportatsiya qilingan, taqiqi bölgan fuqarolarga farmon işlamaydi, çunki ularga amnistiya e'lon qilingani yöq.

– Farmondan keyin transport qatnovi Özbekiston uçun töliq oçiladimi?

– 31 dekabrgaça fuqarolarga imkon berilyaptiki, migratsiya kartasida Rossiyaga nima maqsadda (iş yoki boşqa) kelişidan qat'i nazar patentga topşirişi mumkin. Şuningdek, kelganiga 30 kun tölgan bölişi şart emas. Bu biz yuristlarda şunday salbiy fikrga olib kelyaptiki, balki, oxirgi kunlarda koronavirus kasalligining köpayganini hisobga olib hukumat karantinga tayyorgarlik körayotgan bölişi ham mumkin. Ötgan yilgi kabi migrantlar hadeb migratsiya markazlariga borib yurmasin, degan fikrlarni ham uyğotyapti.

Yöllar oçilişi haqida tayinli xabar yöqligi bilan birga şu paytgaça transport oçilmaganiga ham mantiqli javob yöq. Bir tomondan haftada bir-ikki reyslarni qöyib, şu bilan birga, muntazam 30–40ta charter reyslarni qöyiş özi mantiqsizlik, çunki bemalol borib kelinyapti. Faqatgina temir yöl oçilmadi. Nima uçun şunday bölayotganiga esa hozirça javob yöq.

– Rossiyadagi özbek migrantlarining pandemiyadan keyingi ahvolini qanday baholaysiz?

– Faqat özbek emas, umuman migrantlar qadri oşib qoldi, çunki karantinda ularga bölgan ehtiyoj sezildi. Buni davlat ham, iş beruvçilar ham tan oladi. Pandemiya Rossiya iqtisodiyoti uçun migrantlar kerakligini körsatdi. Ayniqsa, iş beruvçilarning köpçiligi qiynaldi. Şu sabab migrantlar oyligi ham oşdi. Lekin ikkinçi tomondan ularning huquqiy holati yaxşi emas. Davlat ma'lum bir muddatda registratsiya qilişni talab qiladi, boşqa tomondan registratsiya oliş murakkab, bir–bir yarim oy içida registratsiya qildiriş mumkin. Migratsiya markazlarida esa zarur şaroit yetarli ta'minlanmagan.

Bundan taşqari, rus tili va Rossiya tarixidan imtihon yangi körinişda bölişi kerakligi töğrisida qaror çiqdi. Imtihon blankalari hali çiqmadi, ustiga ustak Rossiyaning barça joyida patentga imtihon töxtatilgan, ya'ni patent ololmaydi.

Hujjatlar bilan boğliq muammolar hali töliq hal etilgani yöq. Aslida mehnat muhojirlari qonuniy mehnat qilişni xohlaydi, biroq ijtimoiy va iqtisodiy muammolar sabab bu imkonsiz bölib qolyapti.

– Yangi farmondan kelib çiqib, noqonuniy işlab yurgan özbekistonlik migrantlarga qanday tavsiyalar berasiz?

– Rossiya davlat idoralari xodimlariga bu farmonlar keçroq yetib borişini hisobga olib, birdaniga ariza yozişga çiqib ketiş şartmas, deb öylayman. Şoşilmasdan, imkon bölsa biror hafta kutib keyin migratsiya markazlariga murojaat qilsa yaxşi böladi. Ayniqsa, köçada yurişda ehtiyot böliş kerak. Yaqin kunlardan boşlab juda katta tekşiruvlar boşlangan, balki, tekşiruvçi farmon haqida bilmasligi mumkin. Şundan kelib çiqib ham ozroq sabr qilib turiş talab etiladi. Umuman olganda, qonuniy yurgan har tomonlama yaxşi, albatta.