Barça mamlakatlarga qöşiliş qat'iy tavsiya etilgan», — deb e'lon qildi MDH Iqtisodiy kengaşi yiğilişida Rossiya Federatsiyasi Boş vazir örinbosari Aleksey Overçuk. U 1 iyuldan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi orqali kiriş Yevroosiyo iqtisodiy kengaşiga a'zo mamlakatlar uçun, joriy yilning 1 sentyabridan esa Rossiya uşbu tartibni MDH mamlakatlari uçun ham joriy etilişiga aniqlik kiritdi.
«Hamdöstlik mamlakatlari odamlari uçun Rossiyaga kirib keliş imkoni bölişi uçun bunga juda jiddiy munosbatda bölişingizni sörayman», — deb ta'kidladi Overçuk.
Uning sözlariga köra, raqamli platforma qalbaki ma'lumotlardan çetlaşişga yordam beradi. Afsuski, bunday holatlar hozir juda köpayib ketgan va ularni tekşirişning iloji yöq, deb yozadi «AsiaRlus».
Yevroosiyo iqtisodiy kengaşiga a'zo mamlakatlar fuqarolari uçun integratsion birlaşma hududida pandemiya şaroitida erkin va xavfsiz harakatlanişi uçun tuzilgan «COVID-19siz sayohat qil» ilovasi joriy yil fevral oyida işga tuşirilgan edi. U iOS va Android operatsiya tizimlari uçun ham oçiq böladi.
Mazkur platforma yordamida koronavirusga test ötkaziş uçun klinika tanlaş va tahlil natijalarini oliş mumkin. Ular havolada saqlanadi va aks etadi.
Ilova Yevroosiyo iqtisodiy kengaşiga a'zo mamlakatlari örtasida sayohatga çiqiş oldidan Covid-19ga tahlil topşiriş uçun yaqin eng yaqin laboratoriyani topiş imkonini ham beradi. Bunda çegarani kesib ötiş paytida nazoratçiga tahlil natijasi böyiça QR-kodni körsatiş zarur.











