Rossiya mudofaa vazirligining xabariga köra, bu hodisa Qora dengizda, Fiolent burni yaqinida sodir bölgan. «Esminets Rossiya Federatsiyasi davlat çegarasi buzib ötilgan taqdirda qurol qöllanişi haqida ogohlantirildi. Ammo bu ogohlantiriş e'tiborsiz qoldirildi», deyiladi bayonotda.

Rossiyalik harbiylar ma'lumotlarga köra, soat 12:06 va 12:08da çegara qöriqlaş xizmati kemasi ogohlantiruvçi öqlar uzgan, soat 12:19da esa Su-24M samolyoti «Defender» kemasi kursi böylab ogohlantiruv aviabombalari taşlagan. Xabarda aniqlik kiritilişiça, Rossiya bombardimonçilari britaniyaliklar kemasi harakatini töxtatiş maqsadida törtta parçalanuvçi-portlovçi aviabombalarni qöllagan. Hodisa tufayli Rossiya mudofaa vazirligi Buyuk Britaniyaning Moskvadagi harbiy attaşesini çaqirtirgan.

«Soat 12:23da Qora dengiz floti va Rossiya FXX çegara xizmatining qöşma harakatlari evaziga «Defender» esminetsi Rossiya Federatsiyasining hududiy suvlarini tark etdi», deya ma'lum qilgan Rossiya mudofaa vazirligi.

Ammo Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi aslida bunday hodisa sodir bölmaganini aytmoqda.

«Rejali suziş»
«Bugun tongda «Defender» Odessadan Gruziya yönalişida Qora dengiz orqali oldindan rejalaştirilgan ötişni amalga oşirdi. Amaliyotga köra, kema xalqaro miqyosda tan olingan transport yölagidan ötdi. Kema bu yölakdan britan vaqti bilan soat 09:45da xavfsiz holatda çiqdi [Moskva vaqti bilan soat 11:45]. Odatdagi kabi rossiyaliklar kemalari bu yönalişni kuzatib bordi, uzoq bölmagan masofada ötkazilayotgan öquv maşğuloti töğrisida ham ma'lumot berildi», dedi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles. 

«Defender» esminetsi harakat yönalişi böylab ogohlantiruvçi öt oçilmagan. Qirollik harbiy-dengiz kuçlari kemasi xalqaro huquq asosida Ukraina hududiy suvlarida harakatlanişda heç qanday qoidabuzarlik sodir etmadi.

Biz rossiyaliklar Qora dengiz hududida öt oçiş böyiça maşğulot ötkazgan va bu haqda xalqaro dengiz jamiyatini oldindan ogohlantirişgan deb hisoblaymiz. «Defender» kursi böylab heç qanday öq uzilmagan va biz uning yöliga bombalar taşlangani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlamaymiz», deyiladi vazirlikning tvitterdagi sahifasida.

«Defender» bortida bölgan BBC korrespondenti Jonatan Bilning sözlariga köra, britanlar kemasi ingliz kemasi yaqinida heç qanday otişma bölmagan va u öz yönalişini özgartirmagan holda Qrim yaqinidagi hududiy suvlardan ötgan. Muxbirning xabar qilişiça, bu vaqtda «Defender» atrofida rossiyaliklarning 20dan ortiq samolyotlari uçib yurgan, Rossiya harbiy dengiz kuçlari kemalari esa vaqti-vaqti bilan esminetsga 90 metr masofagaça yaqinlaşişgan.

14 iyun kuni Rossiya mudofaa boşqarmasi milliy markazi rus floti Qora dengiz akvatoriyasiga kirgan Buyuk Britaniyaning «Defender» esminetsi va Niderlandiyaning «Everton» fregatini kuzatişni boşlagani haqida ma'lum qilgandi.

«Interfaks» agentligi Rossiya mudofaa vazirligidan hodisa böyiça izoh olgan. «Buyuk Britaniya harbiy dengiz kuçlarining xavfli harakati Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan BMTning 1982 yilgi Dengiz huquqi töğrisidagi konvensiyasi buzilişidir. Rossiya mudofaa vazirligi Britaniya tomonini kelgusida bunday holatlarga yöl qöyilmasligi uçun «Defender» esminetsi harakatlarini sinçkovlik bilan örganişga çaqiradi», deyiladi unda.

Vazirlikning tasdiqlaşiça, «Defender» RF davlat çegarasini buzib ötgan va Fiolent buruni hududida uç kilometr içkariga kirgan, bu haqda britaniyaliklarning Moskvadagi harbiy attaşesiga ma'lum qilingan.

Öz navbatida, Britaniya mudofaa vazirligi «Defender» «Ukraina va Gruziya örtasidagi xalqaro miqyosda tan olingan yöl» böylab töğri harakatlanganini ta'kidlagan. Şu bilan birga, bayonotda «Buyuk Britaniya rossiyaliklarning Qrimga bölgan da'vosini tan olmasligi va bundan keyin ham Qrimning Rossiya tomonidan qöşib olinişi noqonuniyligi töğrisidagi xalqaro konsensusga rioya qilişda davom etişi» qayd etilgan.

Tahlil: yana hududiy suvlar masalasi
Pavel Aksenov, BBC rus xizmati korrespondenti

Fiolent burni yaqinidagi bu hodisa 2020 yil noyabrida Uzoq Şarqda amerikaliklar kemasi bilan bölgan voqeani yodga soladi.

Öşanda AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining «Jon Makkeyn» nomli esminetsi, Rossiya mudofaa vazirligining ma'lumotiga köra, «Rossiya Federatsiyasi hududiy suvlarini buzib, Pyotr Buyuk körfazida dengiz çegarasi çiziğidan ikki kilometr içkariga harakatlangan». Rossiyalik harbiylarning ma'lum qilişiça, «Admiral Vinogradov» kemasi «Makkeyn»ga hujum qiliş haqida ogohlantirgan va esminets kursni özgartirib, «neytral suvlarga çiqib ketgan».

Rossiya mudofaa vazirligi xabariga köra, 23 iyun kuni britanlar kemasi Sevastopol hududida Qrim qirğoqlariga yaqinlaşgan, yönaliş böyiça ogohlantiruv öqlari otilib, bombalar taşlangaç, bu hududni tark etgan.

Bu hududni Rossiya öz hududiy suvlari deb biladi, bu suvlar 2014 yilda Moskva tomonidan federatsiya tarkibiga qöşib olingan yarimorol qirğoqlarini yuvib turadi.

Tinç okeanidagi tarixning hozirgisi bilan öxşaşligi şundaki, amerikaliklar Pyotr Buyuk körfazi suvlarini, britaniyaliklar Qrim qirğoqlari yaqinidagi Qora dengiz suvlarini hududiy suvlar deb bilişmaydi.

Körfaz çindan ham qonunda yozilganidek «içki körfaz»ning ta'riflariga töğri kelmaydi. Uni «tarixiy körfaz» deb ataş mumkin, bunga dengiz huquqi ruxsat beradi, ammo buning uçun boşqa mamlakatlar ham bunga qöşilişi kerak. Amerikaliklarning harakati bunga qöşilmasliklarini namoyiş etiş edi.

Rossiyalik va Ğarb davlatlari harbiylari dunyoning turli nuqtalarida bir-biriga töqnaş keladi, köp hollarda bunday uçraşuvlar döstona xarakterda bölmaydi. Sönggi yillarda ikki tomon ham bir-birining samolyotlari yölini tösişi bilan boğliq holatlar köp bor röy berdi. Suriyada ham vaqti-vaqti bilan rossiyalik va amerikalik harbiylar örtasida töqnaşuvlar bölib turadi.

Çorşanba kuni Ukraina mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Defender» Ukraina, Buyuk Britaniya va AQŞ maxsus kuçlari iştirokidagi qöşma maşğulotda iştirok etganini ma'lum qilgan. Vazirlik bayonotida kemalar abordaj harakatlari böyiça maşğulot ötkazgani qayd etilgan.

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba britaniyaliklar kemasiga öt oçilgani haqidagi xabarga izoh berarkan, NATO bilan yangiça özaro hamkorlikni yölga qöyiş zaruratini qayd etdi.

«Ukraina pozitsiyasiga yaqqol dalil: RFning Qora va Azov dengizlaridagi agressiv va provokatsiyaga asoslangan siyosati, Qrimning bosib olinişi va harbiylar joylaştirilişi Ukraina va ittifoqçilarga doimiy ravişda tahdid solib kelmoqda. Aynan şu tufayli men Qora dengizda NATO va Ukraina örtasidagi hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqiçga çiqişi zarurligini ta'kidlayman», deya yozgan Kuleba tvitterdagi sahifasida.

28 iyundan 10 iyulga qadar Qora dengizda Ukraina va NATO harbiylari örtasida Sea Breeze nomi ostidagi maşğulotlar ötkazilişi belgilangan.