«Bundan bir yil oldin davlatimiz rahbari Sergeli tumanini poytaxtimiz markazi bilan boğlovçi yöl va köprik loyihasi bilan tanişgan edi. Ötgan yili 26 dekabr kuni uşbu yölning muhim qismi bölgan Qipçoq köçasidagi köprik oçildi. Bugungi kunda uşbu köprikdan Çöponota köçasigaça yangi yöl va yöl ötkazgiçlar barpo etilmoqda.

Kiçik halqa yöli va Salar kanali ustida qurilayotgan köprikning uzunligi 788 metr, çiqiş-tuşiş qismi bilan hisoblaganda 950 metr böladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Davlat rahbari uşbu köprikni borib kördi.

Öziga xos muhandislik yeçimiga ega bu inşoot monolit uslubida, beton aralaşmasi içidagi temir töqimalarni tarang tortiş texnologiyasi asosida bunyod etilmoqda. Bu xavfsiz bölişi bilan birga quriş uçun juda qulay. Xususan, bu yerdagi işlar ham Kiçik halqa yöli va temir yöldagi qatnovni töxtatmagan holda davom ettirilmoqda.

«Bu arzon, mustahkam, xalqimizga ham ma'qul texnologiya. Kelajakni hisobga olib, hali köp joyda köpriklar quramiz. Şuning uçun mutaxassislar va talabalarni bu yerga olib kelib, jarayonni körsatiş, zamonaviy texnologiyalarni örgatiş kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Uşbu köprikdan Qipçoq köçasigaça 6 kilometr yöl qurilmoqda. Toşkent halqa avtomobil yöli bilan kesişgan joyda tunnel böladi. Şu tariqa, poytaxtning Çilonzor tumanidagi Çöponota köçasi va Sergeli tumanidagi Qipçoq köçasi samarali boğlanadi.

Hozirgi kunda Sergeli tumanidan şahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yöl – Yangi Sergeli köçasi orqali harakatlanmoqda. Şu bois unda qatnov juda köp, tirbandlik katta.

6 qatorli yangi köprik va yöl soatiga 12 mingtagaça avtotransportni ötkaziş quvvatiga ega böladi. Natijada Sergeli tumaniga transport qatnovi tirbandligi 50 foizga, harakat vaqti 20-25 daqiqaga kamayadi.

Yöl böylariga energiya tejamkor yoritkiçlar örnatiladi. Böş maydonlarda «yaşil hududlar» barpo etilib, piyodalar yölagi va veloyölakçalar taşkil qilinadi. 
 
Şu yerda Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Yangi Özbekiston köçasida yöl böyi infratuzilmasini rivojlantiriş loyihasi taqdimoti ötkazildi.