Bangladeş poytaxti Daqqada yuz bergan kuçli portlaş oqibatida kamida 7 kişi halok böldi, 50dan köproq kişi jarohatlandi. Bu haqda Daqqa politsiyasi komissari Şafiqul Islom ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, portlaş Mogbozor tumanidagi 3 qavatli binoning 1-qavatida yuz bergan. Öt öçiruvçilar mahalliy vaqt bilan soat 19:35da portlaş haqida ma'lumot olişgan. Voqea joyiga 14ta öt öçiriş brigadasi yuborilgan.

Politsiya komissari portlaş oqibatida yaqin atrofdagi yana 7ta binoga va 3ta avtobusga zarar yetganini ma'lum qilgan.

Binoda elektronika mahsulotlari, göşt sotiş nuqtalari, restoran va qandolat dökoni joylaşgan bölgan. Portlaş oqibatida dökonlar vayron bölgan.

Politsiya komissarining ta'kidlaşiça, voqeaga gaz portlaşi olib kelgan bölişi mumkin. U politsiyada portlaş terakt yoki boşqa yovuz maqsadda amalga oşirilgan deb hisoblaşga asos yöqligini aytgan.

Taxminlarga köra, portlaş restoranda yuz bergan bölişi ham mumkin. Bundan taşqari, bino oldida quriliş işlari olib borilgan va ular davomida gaz sizib çiqqan bölişi mumkin. Uşbu versiyalarning huquq-tartibot idoralari tomonidan tekşirilişi rejalaştirilmoqda.