Rasmiy relizga köra, oxirgi 5 yilda Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmi qariyb 1,5 baravar oşib, 2020 yilda 148 ming tonnaga yetgan. Lekin undan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaş işlari yetarli emas. Xususan, misning qariyb 60 foizi xomaşyo sifatida eksport qilinmoqda.
Xalqaro ekspertlarning fikriça, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvçi energiya sohalarining rivojlanişi evaziga 2030 yilga borib dunyoda misga bölgan talab 40 foizga oşişi kutilmoqda.
Misdan keladigan daromad bugungi kunda 2,5 milliard dollarni taşkil etmoqda. Kelgusi 5 yilda mis işlab çiqariş hajmini 400 ming tonnagaça yetkaziş orqali, bu körsatkiçni turdoş tarmoqlar bilan birga 7-8 milliard dollarga yetkaziş mumkin.
Şu maqsadda, 24 iyun kuni “Kon-metallurgiya sanoati va unga boğliq sohalarni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, mis sanoati klasteri taşkil etilişi belgilandi va boş vazir rahbarligida Maxsus komissiya tuzildi.
Yiğilişda uşbu strategik vazifani amalga oşiriş çoralari körsatib ötildi.

Avvalo, rangli va noyob metallar uçun geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş böyiça 5 yillik dastur işlab çiqiş muhimligi ta'kidlandi.
Sohada loyiha va muhandislik xizmatlarini rivojlantiriş uçun yetakçi xalqaro kompaniyalarni jalb etgan holda, zamonaviy loyiha institutini taşkil qiliş vazifasi qöyildi.
Yurtimizda toğ-kon uskunalari va jihozlarini işlab çiqarişni hamda ularga servisni yölga qöyiş zarurligi qayd etildi.
Kombinatlarda avtotransport, raqamlaştiriş kabi alohida faoliyat turlari xususiy sektorga kooperatsiya va autsorsing asosida beriladi.
Noyob metallar va qotişmalar birlaşmasida metall qotişmalar tayyorlaş, “Özeltexsanoat” korxonalarida maişiy texnika, kompyuter, akkumulyator batareyalar, elektromobillarning butlovçi qismlari kabi yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş zarurligi ta'kidlandi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligiga soha korxonalarining faoliyatini ilmiy-tadqiqot va amaliy innovatsiya işlari bilan uzviy boğliqlikda rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş topşirildi. Klasterning har bir böğini uçun oliy ma'lumotli muhandis-texnolog hamda işçi mutaxassislarni tayyorlaş, şu maqsadda yetakçi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş muhimligi aytildi.
Malakali mutaxassislarni jamlab, mis sanoati klasterini taşkil etiş böyiça çet el tajribasini çuqur örganiş, xalqaro kompaniyani jalb qilgan holda, geologiya va kon-metallurgiya sohasini rivojlantirişda strategik yönalişlarni belgilaş böyiça topşiriqlar berildi.
















