Özbekistonda maktablarning 10–11-sinf öquvçilarini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va hunarlarga öqitiş tizimi yölga qöyiladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlar va talabalar forumida ma'lum qildi.
«Keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimi «yoşlar daftari» va «yoşlar dasturlari» hayotga tatbiq etilmoqda.
Olib borilgan amaliy işlar natijasida ötgan 8 oy mobaynida «yoşlar daftari»ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etiş uçun 300 milliard söm mablağ yönaltirildi.
Jumladan, «temir daftar»dagi oilalar farzandlari bölgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli tölab berildi.
Bundan buyon har qanday investitsiya loyihasining boş maqsadi avvalo yoşlar bandligi masalasini hal etişga qaratilişi kerak. Bu hamma joyda özgarmas qoidaga aylanişi zarur.
Maktablarning 10-11-sinf öquvçilarini mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va hunarlarga öqitiş tizimi yölga qöyiladi.
Bundan buyon maktab bitiruvçisiga attestat berişda mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallaş majburiy qoida böladi. Bu tizim davlat-xususiy şeriklik asosida nodavlat ta'lim taşkilotlari bilan birga yölga qöyiladi», deydi Şavkat Mirziyoyev.












