«Bugungi murakkab zamonda yoşlarni jismoniy va ma'naviy barkamol insonlar etib tarbiyalaş, biz uçun ğoyat muhim vazifa bölib qolmoqda. 

Bu borada ba'zi misollarga e'tiboringizni qaratmoqçiman. Ötgan bir yilda bilimli va zukko yoşlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 4ta oltin, 18ta kumuş va 29ta bronza medallarini qölga kiritişdi.

Men bugun prezident maktablarining ilk qaldirğoçlari bilan uçraşdim va bundan juda xursand böldim. Bir vaqtlar qilgan mehnatimiz bugun öz mevasini bermoqda. Bugungi kunda prezident maktabini bitirgan 96 nafar bitiruvçilarning barçasi bugun xorijiy va mahalliy nufuzli oliygohlarning talabalariga aylanişdi.

Misol uçun, Toşkent şahridan Temurbek Sulaymonov – 26ta, Qoraqalpoğistondan Nursultan Duysenbayev – 16ta, Xorazmdan Çarosxon Öktamboyeva – 8ta, Namangandan Robiyaxon Nabijonova – 5ta, örta maktab bitiruvçilari – Andijondan Visola Asadullayeva – 12ta hamda Qaşqadaryodan Şuhrat Yuldaşev 16ta nufuzli xorijiy oliygohga öqişga qabul qilingan. Bunday natijalar, ilgari tariximizda heç qaçon bölmagan», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.