O‘zbekistonda uy-joy narxi 5 foizga qimmatladi
O‘zbekistonda 2-chorakda uy-joy narxi 1-chorakka nisbatan 5 foizga qimmatlagan. Bu pandemiya davrida “kechikkan talab” omili bilan izohlanmoqda.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati boshqarmasi mutaxassisi R. Yakovlevga ko‘ra, joriy yilning aprel oyidan iyungacha O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish shartnomalari bo‘yicha yanvar-mart oylariga nisbatan 38 foiz ko‘proq bitimlar tuzilgan. Ularning uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.
Ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlarning umumiy sonida hududlar ulushi

Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar oshdi. Joriy yilning ikkinchi choragidagi dastlabki natijalar shuni ko‘rsatdiki, respublikada narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5,72 foizga o‘sgan. Uy-joy narxlaridagi o‘sish O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuzatilgan.

Pandemiya va karantin davrida majburiy cheklovlar rejalashtirilgan xaridlarning keyinga qoldirilishiga olib keldi (“kechiktirilgan talab”ning ta'siri).
Markaziy bank mutaxassisining tahlillariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorining talab darajasida faollashishi, poytaxtdan uy-joy sotib olishdagi ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish narxlarning ko‘tarilishiga ham ta'sir ko‘rsatgan.
«Uy-joy bozorida narxlarning haddan tashqari yuqorilaganini tushunish muhim. Absolyut ko‘rsatkichlarda o‘rtacha uy-joy narxlari eng past narxlarda bo‘lishiga qaramay, turmush darajasini hisobga olgan holda, mamlakatda uy-joy narxi MDH davlatlari va Gruziya bilan taqqoslaganda hali ham yuqori.
Shunday qilib, O‘zbekiston poytaxtidagi ko‘chmas mulk o‘rtacha narxining aholi jon boshiga YaIMga nisbati (sotib olish qobiliyati paritetida) 12 foizni tashkil etadi. Bu Moskva (Rossiya) - 15,8 foiz va Bishkek (Qirg‘iziston) - 13,4 foizdan keyin uchinchi ko‘rsatkichdir.
Nisbatan past ko‘rsatkichlar Nur-Sulton (Qozog‘iston) va Tbilisi (Gruziya)da qayd etilgan, mos ravishda 3,3 foiz va 6,4 foiz» – deyiladi mutaxassis tahlilida.
Covid-19’ga qarshi kurashish uchun mamlakatlar tomonidan belgilangan qat'iy choralar tufayli uy-joy bozori bir muddat to‘xtab qoldi.
O‘tgan yilning uchinchi choragida shakllangan “kechiktirilgan talab” tufayli tiklana boshladi. Shu sababli butun dunyoda uylar narxi eng yuqori sur'atlarda o‘sib bormoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 12 oy davomida uy-joy ko‘chmas mulk bozorlari o‘zlarining barqarorligini namoyish etishda davom etgan holda, narxlarning o‘rtacha o‘sishi 2021 yil martgacha 7,3 foizga yetdi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

18:51 / 05.03.2025
Ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash maqsadida ommaviy baholash o‘tkaziladi

17:52 / 25.02.2025
Ayrim notarial xizmatlar narxi oshirildi

18:55 / 21.02.2025