«Köçmas mulkni ommaviy baholaş tizimini joriy etiş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, köçmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin bölgan qiymatini aniqlaşning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etiş va keng qöllaş, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari ösib borişi uçun qulay şart-şaroit yaratişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uçastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlaş;
- köçmas mulk obektining soliq soliş, oldi-sotdi qiliş, garovga qöyiş, jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş va boşqa holatlar uçun aniqlanadigan qiymati özaro mutanosib bölişini ta’minlaş;
- köçmas mulk bozoriga oid işonçli, töliq va davriy ravişda yangilanib boradigan axborot bazani yaratiş;
- soliq solişda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etiş.
2025 yildan bosqiçma-bosqiç barça köçmas mulk obektlari ularning bozor narxiga yaqin bölgan qiymatini aniqlaş maqsadida davriy ravişda ommaviy baholaşdan ötkaziladi.
Ommaviy baholaş işlari quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:
- 2025–2026 yillarda – sinov tariqasida Toşkent şahrida;
- 2026–2027 yillarda – Nukus şahri va viloyatlar markazlarida;
- 2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 1 dekabrga qadar, Toşkent şahridagi eksperimentning dastlabki natijalaridan kelib çiqib, ommaviy baholaşdan ötkazilgan mol-mulklar va yer uçastkalari uçun mol-mulk soliği va yer soliği böyiça soliq solinadigan bazani qayta belgilaş va soliq stavkalarini pasaytiriş böyiça hukumatga taklif kiritişi kerak.
Farmonga köra, Kadastr agentligi huzurida Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi taşkil etiladi.
Köçmas mulkni ommaviy baholaş sohasida:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi – yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi organ;
- Kadastr agentligi – maxsus vakolatli organ;
- Milliy markaz – ijro etuvçi organ etib belgilandi.

















