Farzandini öz mikrohududidan taşqaridagi maktabda öqitişni istagan ota-onalar 1 avgustdan boşlab ariza topşirişlari mumkin. Bu haqda xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Umumta'lim maktablarning 1-sinfiga hamda ixtisoslaşgan maktablarning 5-7-sinflariga qabullar yuzasidan xalq ta'limi vaziri örinbosari va mas'ul xodimlar iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda iştirok etgan xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov joriy yildan yölga qöyilayotgan elektron şakldagi qabul jarayoni haqida gapirib ötdi. Tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan elektron qabul ikki bosqiçda amalga oşiriladi.

«Birinçi bosqiçda ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, farzandlari 1-sinfga çiqadigan maktablarni tanlaydi. Bunda ota-onalarga 3ta maktabni tanlaş imkoniyati beriladi: birinçisida ota-ona öz mikrohududidagi maktabni tanlaşi mumkin. Bunda 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinçi maktabga, ya'ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topşiradilar, bunda hujjatlarni topşiriş töliq elektron şaklda amalga oşiriladi. Ota-onalarning doimiy yaşaş manzili böyiça biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylaşişlari kafolatlanadi», dedi u. 

Ta'kidlanişiça, keyingi imkoniyatlarda ota-onalar öz xohişlariga köra boşqa hududdagi maktabni tanlaşi mumkin. Ya'ni ota-onalar mikrohududdagi maktabni emas, boşqa maktablarni tanlagan bölsa, ya'ni elektron röyxatdan ötiş vaqtida tanlagan ikkinçi yoki uçinçi maktablarning birida böş örinlar bölgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topşirişlari mumkin böladi.

Şu örinda mutasaddi Toşkent şahri bilan çegaradoş tumanlarda istiqomat qiluvçi, farzandini şahar maktabida öqitişni istagan ota-onalar uçun körsatmalar berdi.

«Toşkent şahri bilan çegaradoş tumanlarda (Qibray, Zangiota) bolalar öz mikrohududlariga köra maktablarga joylaştiriladi. Agar ota-onalar farzandlari poytaxt hududidagi çegaradoş tumanlarda joylaşgan maktablarda ta'lim olişini istagan taqdirda, 1 avgustdan boşlab öşa maktablarda böş örinlar mavjud bölsa ularga hujjat topşirişlari mumkin böladi», deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.