Bangladeşdagi içimliklar fabrikasida yuz bergan yonğin önlab kişilarning ölimiga sabab böldi, halok bölganlar soni yanada oşişi mumkin, deb xabar berdi Reuters.
Ayni paytga qadar 52 kişi halok bölgani ma'lum. Kamida 20 kişi jarohatlangan. Yonğin qurşovida yana qança odam qolib ketgani aniq emas.
Yonğin tez alanga oladigan materiallar va kimyoviy moddalar saqlanadigan yuqori qavatlarda davom etmoqda.
Birinçi qavatda boşlangan yonğinga nima sabab bölgani hozirça noma'lum.
Qayd etilişiça, 2012 yilda Bangladeşdagi fabrikada sodir bölgan yonğin oqibatida mingdan ortiq işçi halok bölgan.












