Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir jinoyat işi böyiça tergovga tortilişi mumkin: Bişkek içki işlar boş boşqarmasi 2016 yilda Turkiya fuqarolariga noqonuniy ravişda Qirğiziston pasportlari berilişi böyiça suriştiruv boşladi.
Ma'lumot berilişiça, fuqarolik beriş böyiça qaror Qirğiziston prezidenti huzuridagi fuqarolik işlari böyiça komissiya tomonidan qabul qilingan, farmonga esa Atamboyev imzo çekkan. Natijada ön nafar Turkiya fuqarosi qirğiz pasportiga ega bölgan.
2016 yildagi davlat töntarişiga urinişdan söng Turkiya hukumati Qirğiziston hududida faoliyat körsatayotgan muxolifatçi Fathulloh Gulen fondi muassisligidagi "Sebat" litseyi respublika xavfsizligiga tahdid solişini bildirgan va ularni yopişni tavsiya qilgandi.
Qirğiziston litseylarni yopmaslikka, ammo ularning nomini "Sapat" deb özgartiriş, nizomiga özgartirişlar kiritiş hamda muassislar tarkibiga mamlakat ta'lim vazirligini ham kiritişga qaror qildi.
Turkiya fuqarosi Örxan Inanda "Sebat" litseylar tarmoği va "Otaturk-Ala-Too" universiteti asosçisi hisoblanadi. U 2012 yilda Qirğiziston fuqaroligini olgan.
2 iyun kuni Qirğiziston OAV Inandaning qarindoşlari u yöqolib qolgani töğrisida militsiyaga ariza bilan murojaat qilişgani haqida xabar berdi. 5 iyulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Inanda maxsus operatsiya natijasida uşlanib, Turkiyaga olib kelinganini ma'lum qildi.
6 iyulda Qirğiziston prezidenti hukumat Turkiyadan Inandaning qaytarilişini talab qilişini aytgan.












