Avgust va sentyabrda Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston harbiylari Afğoniston bilan çegarada rossiyalik hamkasblari bilan birga bir qator qöşma maşğulotlar ötkazadi.
Rossiya mudofaa vazirligida ta'kidlanişiça, maşğulotlarda asosiy urğu noqonuniy qurollangan tuzilmalarga qarşi kuraşga beriladi. Bundan taşqari, qöşinlar mintaqada vaziyatni barqarorsizlaştirişga urinişlarga qarşi kuraşiş elementlarini maşq qiladi.
Maşğulotlar Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar qurolli kuçlarining “Tinçlik missiyasi – 2021” qöşma maşğulotlari bilan yakunlanadi.
Ta'kidlanişiça, Rossiya tomonidan maşğulotlarda 15-tinçlikparvar va 55-toğ motoöqçi brigadalari kuçlari, 31-desant-şturm brigadasining aeromobil bölinmalari iştirok etadi. Bundan taşqari, maşğulotlarda Rossiya qurolli kuçlarining maxsus vazifalarni bajaruvçi 2- va 24-alohida brigadalari, umumqöşin armiyalari maxsus rotalari bölinmalari qatnaşadi. Şuningdek, Rossiyaning Qirğiziston va Tojikistondagi bazalari aviaguruhlari hamda 201-harbiy baza tarkibiga kiruvçi S-300 mudofaa tizimlari jalb qilinadi.
Ayni vaqtda Afğonistonda xorijiy qöşinlar olib çiqilişi ortida “Tolibon” harakatining faollaşuvi kuzatilmoqda. “Tolibon” rahbariyati Afğoniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga hujum qiliş uçun foydalanişga yöl qöymaslikka va'da berayotganiga qaramay, Afğonistondagi jangovar harakatlar qöşni davlatlar hududiga ötişi mumkinligi bilan xavf solmoqda.













