Kaliforniya universiteti olimlari texnikani barmoq uçlari yordamida quvvatlaş imkonini beradigan qurilma prototipini yaratişdi, deb xabar berdi The Science Times.
Qurilma taşqi körinişidan plastirga öxşaydi. Uşbu qurilma işlaşi uçun harakatlaniş şartmas, u barmoq uçlarida öz-özidan paydo böladigan terni elektrga aylantira oladi.
Tadqiqotçilarning sözlariga köra, barmoq uçlarida organizmdagi eng yuqori konsentratsiyadagi ter bezlari joylaşgan bölib, har bir barmoqda tananing boşqa qismlariga nisbatan 100 baravardan 1000 baravargaça köproq ter ajralib çiqadi.
Elektr ötkazgiçlar terni şimib oladi, elektrodlardagi fermentlar elektr işlab çiqariş uçun kimyoviy reaksiya hosil qiladi. Söngra energiya kiçik kondensatorga yiğiladi va qurilmani quvvatlaş uçun işlatiladi.
Qurilma 10 soat davomida elektron qöl soatini 24 soatga quvvatlantirişga yetarli bölgan 400 millijoul energiya töpladi. Bu faqat bitta barmoqdagi qurilma natijasi hisoblanadi. Olimlar kelgusida qurilma hajmini yanada oşiriş niyatida.












