Özbekiston va Xitoy örtasidagi döstlik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Vazir Van I davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Özbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo boğliqligini rivojlantiriş borasidagi taşabbusi yuksak baholandi va qöllab-quvvatlandi, Toşkent şahrida ötkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bölişiga işonç bildirildi.

Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va köp qirrali hamkorlikning boşqa yönalişlarida qöşma dastur va loyihalarni ilgari suriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Pandemiyaga qarşi kuraşda yaqindan hamkorlikni davom ettiriş muhim ekani ta'kidlandi.

Xalqaro kun tartibi, şu jumladan Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşildi.












