“Afğoniston hududiga zarba beriş haqida umuman gap bormayapti va heç kim Afğonistonga bostirib kiriş haqida öylamayapti”, deb javob qilgan Lavrov “Rossiya Afğonistonda doimiy asosda harbiylarni joylaştiriş yoki u yerdagi pozitsiyalarga zarbalar berişni istisno qiladimi?” degan savolga.
“Siz bizni amerikaliklar bilan adaştiryapsiz”, deb qöşimça qilgan Rossiya taşqi işlar vaziri.
Lavrov Rossiya KXŞT a'zolari, jumladan Afğoniston bilan çegaradoş Tojikiston va Qirğiziston oldida majburiyatlarini bajarişini ta'kidlab ötgan.
“KXŞTning biror a'zosiga qarşi har qanday tajovuz holatida uşbu tajovuzni bostirişga qaratilgan çoralarni belgilaş böyiça tezkorlik bilan maslahatlaşuvlar ötkaziladi”, deb ta'kidlab ötgan Lavrov.













