Özsanoatqurilişbank tizimida ma'lumotlarga işlov beriş,  saqlaş va çuqur tahlil qilişga qaratilgan “Data Warehouse” (DWH) - ma'lumotlar ombori va “Business Intelligence” – biznes tahlil tizimi  tatbiq etildi. Bu Bankning yangi biznes modeliga asoslangan transformatsiya jarayonlari doirasida amalga oşirildi.

Bugungi kunda iste'molçilarning mobil biznes-ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali muttasil ösib borayotgan özaro onlayn muloqoti ma'lumotlarning katta hajmini yaratmoqda. Bu kompaniyalar uçun zarur ma'lumotlarni töplaş, öz mijozlari hamda bozor tendensiyalari va mahsulotlari haqida yanada köproq axborotlarga ega böliş imkonini bermoqda.

Ammo, ta'kidlaş joizki, ma'lumotlarni yiğiş va ulardan tijorat maqsadlarida foydalaniş boşqa-boşqa masalalardir. Ma'lumotlarni samarali töplaş va tahlil qiliş töğri texnologiyalarni qöllaş bilan tizimli yondaşuvni talab etadi.

Şu bois Özsanoatqurilişbank tizimida bugungi kunda xalqaro amaliyotda keng qöllanilayotgan ma'lumotlar ombori va biznes tahlil tizimi tatbiq etildi.

Endilikda Bankda bir neçta manbalardan olingan ma'lumotlarni saqlaş, ularni tahlil qiliş uçun ilğor vositalardan foydalaniş hamda örganilayotgan obektlar töğrisida ma'lumot olişga şaroit tuğiladi.

Tizim muassasa boşqaruviga Bank biznesi ötmişda qanday iş olib borgani va ayni paytda qaysi bosqiçda ekanini biliş imkonini beradi, qolaversa, biznes uçun yangi imkoniyat eşiklarini oçadi.

Barça hisobot va tahlillar DWH platformasida amalga oşirilişini hisobga olib, u nafaqat köp sonli içki operatsion tizimlardan ma'lumotlarni bir joyda töplaşini, balki ma'lum vaqtda uşbu tranzaksion tizimlardan katta yukni ham olib taşlaşini qayd etiş mumkin.

Masalan, ilgari yangi turdagi hisobotni oliş uçun bir neça kun, hatto, haftalar kutiş kerak bölgan. Çunki ijroçi bir neçta quyi tizimlardan katta hajmdagi ma'lumotlarni qölda töplaş va qayta işlaşga majbur edi. Bunday manipulyatsiyalar köp vaqt va resurslarni talab qilardi. Endi DWH’ga asoslangan yangi texnologiyalar bilan uşbu vazifalar bir zumda juda kam kuç sarflab amalga oşiriladigan böldi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, platformada ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlaş tört darajada amalga oşiriladi.

Bugungi kunga kelib loyihaning birinçi bosqiçi yakunlandi. Unga köra, Bankda asosiy manbalardan olingan barça ma'lumotlarni töplaş jarayoni avtomatlaştirilib, ularni integratsiya qiliş jarayoni yakunlandi.

Keyingi bosqiçda platformaning tahlil qismi sun'iy intellekt (Artificial intelligence – AI), maşina örganişi (Machine learning – ML) va katta ma'lumotlar (Big Data) kabi yanada ilğor usul hamda texnologiyalar asosida kengaytiriladi. Natijada, nafaqat an'anaviy operatsion içki va taşqi tizimlarning ma'lumotlari, balki ommaviy domenlar va ijtimoiy tarmoqlardan ham ma'lumotlarni oliş imkoni yaratiladi.

– Uşbu platformaning işga tuşişi bilan Bank tahliliy faoliyatini birlamçi va tavsiflovçi darajadan prognoz qiluvçi darajaga kötaradi. Bu esa boşqaruv apparati va biznes yönalişlar sun'iy intellekt tomonidan oldindan tayyorlangan va hisoblab çiqilgan variantlarni qaror qabul qiliş jarayoniga tatbiq eta oladi, – deydi Özsanoatqurilişbank Boşqaruv raisi maslahatçisi Akmal Hamidov.

Şuningdek, ma'lumotlar omborining mavjudligi quyidagi global strategiyalarni amalga oşiriş uçun asos bölib xizmat qiladi:

Hisobotlarni avtomatlaştiradi. DWH platformasi köpgina hisobotlarni oldindan belgilangan standart şablon böyiça avtomatlaştirişga imkon beradi. Bu esa, biznes bölinmalarning hisobot tayyorlaş bilan boğliq işlarini qisqartiradi va asosiy faoliyati uçun sezilarli vaqtni tejaydi.

Ma'lumotlar sifati va hisobotlar töğriligini ta'minlaydi. DWH platformasi ma'lumotlarni umumiy va standart formatlarga ötkaziş funksiyasiga ega. Ma'lumotlar va hisobotlarni standartlaştiriş bank bölimlariga heç qanday tafovutsiz özaro taqqoslanadigan va yaxşi şakllangan natijalarni oliş imkonini beradi.

Hisobotlar mustaqil tayyorlanişiga xizmat qiladi. DWH platformasi oddiy xodimlarga axborot texnologiyalari departamenti yordamisiz qöşimça manbalarni talab qilmagan holda hisobotlarni yaratişga imkon berib, yuqori iqtisodiy samaradorlik kasb etadi.

Muxtasar aytganda, rivojlangan biznes tahlili yanada asoslantirilgan qarorlarni qabul qilişga yordam beradi. Bu, öz navbatida, har qanday biznes sohasida investitsiyalarning yuqori rentabelligi va risklarning past darajada bölişini ta'minlaydi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida