Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektorda Özbekistondagi epidemiologik holat murakkablaşganiga töxtalib, vaksinatsiyani jadallaştiriş zarurligini ta'kidladi.
«Men jahonning yetakçi olimlari tadqiqotlari bilan qiziqdim: koronavirus pandemiyasi 10 yil davom etişi taxmin qilinmoqda. Biz endi bu virus bilan yaşaşni örganişimiz zarur.
Afsuski, kasallik tarqalişi yana kuçayib ketdi. Vaziyat murakkab, bunday vaziyatda esa asosiy çora - vaksinatsiyani kuçaytiriş. 3 mln doza Moderna vaksinasini 4 avgustda emas, ertaroq olib kelyapmiz. Özimizda «Sputnik» vaksinasini işlab çiqarişni yölga qöyamiz.
Endi faol emlaniş zarur. Meni hayron qoldirayotgani ziyoli odamlar ham vaksina olişdan qaytarişyapti. Xalqimiz salomatligini saqlaş uçun barça çoralarni köramiz», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari hukumat har bir fuqaro hayoti uçun kuraşişda va buning uçun zarur vositalarni yönaltirişda davom etişini ta'kidlab, fuqarolar öz hayotlari va salomatliklari uçun mas'ul ekanliklarini yana bir bor eslatib ötgan.
«Vaksina olganlar şifoxonadan tört kunda çiqyapti, emlanmaganlarga esa juda oğir bölyapti. Ha, vaksina olgandan keyin kasallaniş mumkin, lekin kasallik yengil formada keçyapti», deya qayd etgan davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX dasturi orqali ajratilgan Moderna vaksinasining 3 million dozasi 29 iyul kuni Alabama ştatidan maxsus reys bilan Özbekistonga yetkazilişi kutilmoqda.
Prezident 23 iyul kuni ötkazilgan videoselektorda ham epidemiologik vaziyat yuzasidan xalqqa murojaat qilib, barçani koronavirusga qarşi emlanişga çaqirgandi.
«Vaksinatsiya, vaksinatsiya, yana bir marta vaksinatsiya. Juda katta maşaqqatlar bilan vaksinalarni olib kelyapmiz. 4 avgust kuni yana 3 million yangi doza Amerikadan keladigan böldi. Mana 2,5 million doza vaksinamiz bor, lekin hali ham odamlarimiz vaksinaga işonmayapti, juda katta yöqotiş bölyapti oralarimizda», degandi davlat rahbari.













