Anqarada turli joylarga sayohat taşkil qiladigan tur agentliklari juda köp. Biz ham ulardan biri orqali borişga qaror qildik. 150 lira bizning pulda 170-180 ming sömga bir kunlik sayohatlarga çiqiş mumkin. Bu mablağ boriş-keliş xarajatlari, nonuşta, gidlik xizmatini qamrab oladi.
Ertalab 7:30 da yölga çiqdik. Anqara şahri va atrofidagi hududlar quruq havosi va tabiati tufayli Özbekiston şaharlariga öxşaş. Ammo 2 soat yurgandan keyin atrof keskin özgarib, örmonlar boşlandi.
Yöllar bir tekis. Soat 13:00 da Amasraga yetib bordik. Vaqtimiz oz bölganligi sababli şahar içi va dengiz qirğoqlarini aylandik.
Amasra «yoqimli va gözal», «gullar qal'asi» deya ta'riflangan. Usmoniylarning buyuk sultoni Fotih Sulton Mehmet tarafidan esa «Çaşmi Jahon», ya'ni «Dunyoning közi, dunyoning qalbi» sifatiga loyiq körilgan. 1940 yildan turizm faoliyatini boşlagan şahar bugun ham köplab turistlarni öziga jalb etmoqda.

Amasra tarixan finikiyaliklar, forslar, makedonlar, rimliklar qönim topgan maskan hisoblangan. Usmoniylarga qöşiliş tarixi 1460 yillarga borib taqaladi. Amasrani ilk körişda maftun bölgan Fotih Sulton Mehmet otaliğidan «Çaşmi Jahon» (dunyoning közi) bumi?” deb söraydi. Va bu joyni uruş qilmasdan olişga qaror qiladi. Çunki bu gözal şaharning zarar körişini xohlamaydi.
Şaharga miloddan avvalgi 3 asrda qal'ani boşqargan ayol malika Amastrisning ismi berilgan. Usmoniylar davriga kelib Amasra deb nomlana boşladi.
Şahardagi diqqatga sazovor joylarni piyoda yurib tomoşa qilsa böladi. Şahar ikkita kiçik portga ega. Şahar tarixiy joylar bilan birgalikda tabiiy gözallikka ega. Toza plyajlari, örmon va ğorlari har yili köplab sayohatçilarni öziga jalb etadi.
Quyida şaharning turli manzaralari aks etgan suratlar bilan tanişasiz.








Muzaffar Habibullayev
Anqara universiteti magistranti












