Avstraliya huquqni muhofaza qiliş organlari mamlakat hukumatini ağdariş hamda amaldorlar va federal parlament deputatlarini hibsga olişni rejalaştirgan guruh faoliyatiga çek qöydi. Bu haqda federal politsiya xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, guruh faoliyati böyiça suriştiruv davomida Brisben, Kerns va Taunsvill (Kvinslend ştati) hamda Piterboro va Perte (Ğarbiy Avstraliya) şaharlarida tintuvlar ötkazilgan.

Şuningdek, özini Avstraliya federal politsiyasi ofitseri deb körsatgan 46 yoşli şaxs hibsga olingan. 

Politsiya komissari yordamçisi Skott Lining sözlariga köra, politsiya guruh "aniq harakatlar qilişga uringani yoki şunday imkoniyatga egaligini isbotlovçi" dalil topolmagan.

"Biz har qanday ehtimoliy xavfli harakatning oldini oliş uçun erta bosqiçdayoq harakat qildik va yangi dalillar aniqlanişi bilan qöşimça ayblovlarni ilgari suramiz", dedi u.