“Afsuski, vaziyat yaxşi tomonga özgarmayapti. Rossiyaning AQŞdagi diplomatik missiyalari misli körilmagan çeklovlar şaroitida işlamoqda. Bu çeklovlar nafaqat kuçda qolmoqda, balki yanada kuçaytirilmoqda. Bayden ma'muriyatining diplomatiya roli muhimligi va Rossiya bilan barqaror munosabatlarni rivojlantirişga tayyorlik haqidagi bayonotlariga qaramay, Rossiya diplomatik korpusi zarbalarga uçraşda davom etmoqda”, deb aytgan Rossiya elçisi. 

“Biz 3 sentyabrgaça AQŞni tark etişi kerak bölgan 24 diplomatdan iborat röyxatni oldik. Vaşington vizalar berişni qat'iylaştirgani sababli bu diplomatlarning deyarli barçasi örniga boşqa xodimlar kelmagan holda jönab ketişadi”, deb qöşimça qilgan Antonov.

Bundan taşqari, AQŞ Rossiyadagi elçixona xodimlarining rafiqalari va farzandlarining amaldagi vizalarini sababini tuşuntirmagan holda bekor qilmoqda. Antonovning ta'kidlaşiça, bularning barçasi rossiyalik diplomatlarni AQŞdan siqib çiqariş maqsadida qilinmoqda.

“Bunday vaziyat heç kim uçun foydali emas. Tomonlar tengligi asosida qaror qabul qiliş lozim. Buni amalga oşirişning eng sodda va tez yöli diplomatlarning faoliyatini çeklovçi barça çoralarni bekor qiliş hisoblanadi”, deb aytgan Rossiya elçisi.