4 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning ön ikkinçi kungi bahslari ötkaziladi. Bahslarda yana 6 nafar özbekistonlik sportçi iştirok etadi.
Soat 5:35da yengil atletikaçi Yekaterina Voronina öz iştirokini boşlaydi. U dastlab yettikuraş doirasida 100 metrga tösiqlar oşa yugurişda qatnaşadi.
Kun davomida u balandlikka sakraş, yadro uloqtiriş va 200 metrga yuguriş böyiça bahslarda öz imkoniyatlarini sinab köradi.
Kanoeda eşkak eşiş böyiça özbekistonlik ikki sportçi Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 200 metr masofaga ötkaziladigan saralaş bosqiçida qatnaşadi.
Şu kuni erkin kuraş böyiça jamoa vakillari ham bahslarga qöşiladi. Toşkent vaqti bilan soat 7:30da -86 kg vazn toifasi vakili Javrail Şapiyev ilk bahsni eronlik Haddan Yazdaniyçaratiyga qarşi ötkazadi.
Soat 8:20da esa -57 kg vazn toifasida Ğulomjon Abdullayev xitoylik Ming Hu Lyu bilan bellaşuvini boşlaydi.
Erkin kuraş jamoasining yana ikki vakili Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Magomed Ibragimov (-97 kg) keyingi kungi bahslarda iştirok etişadi.
Şuningdek, Özbekiston boks jamoasining yagona umidi Bahodir Jalolov final uçun jang qiladi. Uning britaniyalik Freyzer Klarkka qarşi hal qiluvçi jangi soat 11:05da boşlanadi.


3 avgust kungi bahslarda oğir atletikada qölga kiritilgan oltin medaldan keyin Özbekiston 2 oltin va 1 bronza medal bilan umumiy reytingda 46-örindan 27-öringa kötarildi.


















