Termiz şahri yaqinida Rossiya-Özbekiston taktik maşğulotlarining faol bosqiçi yakuniga yetdi, deb xabar berdi Kommersant' Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Xabarda aytilişiça, maşğulotlarga ikki mamlakatning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatçisi, 200 birlikka yaqin qurol, harbiy va maxsus texnika, Rossiya harbiy kosmik kuçlarining 4ta Tu-22M3 samolyoti jalb etildi.
«Rossiya-özbek harbiy guruhi havodan turib qurollangan guruhlarni aniqladi, söngra ularning mamlakat hududiga kirişining oldini olib, aholi punktida yaşirinib olgan «jangarilar»ni yöq qildi», — deyiladi xabarda.
Maşğulotlarning yakuniy bosqiçini Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği, armiya generali Valeriy Gerasimov va uning özbekistonlik hamkasbi general-mayor Şuhrat Xolmuhamedovlar kuzatdi.
Avvalroq Tojikistondagi Harbmaydon poligonida Rossiya, Tojikiston va Özbekiston harbiylari iştirokida 10 avgustgaça öquv maşğulotlari bölib ötişi ma'lum qilingandi.












