AQŞning Kaliforniya ştatida keng kölamdagi yonğinlar sababli minglab aholini evakuatsiya qiliş buyurildi. Bu haqda Plumas okrugi şerifi ma'muriyati ma'lum qildi.
Plumas okrugida yonğin 188 gektar maydonni qamrab oldi. Mahalliy aholining 39 foizi evakuatsiya qilindi. Yonğinga qarşi kuraşga beş mingdan ortiq öt öçiruvçi safarbar qilingan. Tört kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
CNN telekanalining ma'lumot berişiça, ştatda 25 kundan buyon yonğinga qarşi kuraş olib borilmoqda.
Olov Byutt, Lassen va Texeyma okruglariga yetib kelgan. Avvalroq Plumas okrugidagi Grinvill şahri yonğin oqibatida butkul yöq bölgani xabar qilingandi.












