Şimoliy Atlantika alyansi Afğoniston hukumatiga imkoni yetganiça yordam beradi. Bu haqda NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning bayonotida ma'lum qilindi.

«Maqsadimiz Afğoniston hukumati va xavfsizlik kuçlarini imkon yetganiça uzoqroq qöllab-quvvatlaşdir», — dedi NATO boş kotibi.

Alyans agar Afğonistonda hokimiyat kuç bilan olinadigan bölsa, xalqaro hamjamiyat «Tolibon» harakatini tan olmasligini bildirdi.

«Tolibon» agar hokimiyatni kuç bilan egallaydigan bölsa, xalqaro hamjamiyat ularni tan olmasligini bilişi lozim. NATO nizoning siyosiy yeçim topişini qöllab-quvvatlaydi», — dedi Stoltenberg.

Avvalroq toliblar Afğoniston poytaxti Kobuldan 50 kilometr masofada ekani xabar qilingandi.