Xorijlik turistlar yöqligi va daromad kamaygani sababli Tailanddagi ommabop turistik obektlar yopilmoqda, deb yozadi Nikkei Asia. 

Xabar qilinişiça, Bangkokdagi Talad Rot Fay Ratçada tungi bozori noma'lum muddatga yopildi. Bozor 1 avgustdan iş boşlaşi lozim edi, ammo yaqin istiqbolda oçilmasligi ma'lum böldi.

Bozor özining antikvariatlari, suvenirlari, poyabzal va elektronika mahsulotlari bilan turistlar e'tiborini qozongandi.

Çonburi provinsiyasidagi Siraça yölbarslar hayvonot boği ham 24 yillik faoliyatidan söng yopildi. Hayvonot boği yiliga 1,5 mln nafar turistni qabul qilardi.

«Xorijlik turistlar yöqligida işimizni davom ettira olmaymiz. Ulkan xususiy hayvonot boğini boşqariş uçun nafaqat jismoniy va aqliy kuç, balki mablağ ham talab qilinadi», deyiladi Siraça hayvonot boğining Facebook’dagi sahifasida.

Ma'lumot berilişiça, Tailand turizm sanoati daromadlari ötgan yili 71, 2021 yilning birinçi yarmida esa 74 foizga kamaygan. 

Hukumat oktyabrdan emlangan xorijlik turistlarni mamlakatga kiritişga qaror qilgan. 

Tailandda oxirgi haftada sutkasiga 20 mingga yaqin koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holat qayd etilgan.