Haiti janubida yuz bergan zilzila oqibatida 29 kişi halok böldi. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi boşqarmasi xabar berdi.
«Halok bölganlarni qidiriş işlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 29 kişi halok bölgani qayd qilindi», — deb ma'lum qildi boşqarma vakili.
Xabar qilinişiça, Grand-Ans va Nipp departamentlari zilziladan kuçli talafot körgan.
Haitida şanba kuni ertalab sodir bölgan zilzila kuçi 7,2 ballga teng bölgan. Keyinroq 5,2 balli yana bir yer silkinişi qayd etilgan.












