Visual Capitalist taqdim etgan infografikada Resume.io tadqiqoti asosida 2025-yilda 185 davlatdagi qonun bilan belgilangan yillik haq tölanadigan ta’til hamda haq tölanadigan davlat bayramlari kunlari taqqoslangan.
Tadqiqotga köra, reytingga kiritilgan mamlakatlarda xodimlar uçun yillik haq tölanadigan ta’til va bayram kunlarining umumiy miqdori örtaça 30 kunni taşkil etadi.
Reytingda Eron yetakçilik qilgan. Bu mamlakatda yillik haq tölanadigan ta’til va davlat bayramlari jami 53 kunga yetadi. Manbada qayd etilişiça, Eronda bayram kunlarining köpligi an’anaviy olti kunlik iş haftasi bilan ham boğliq.
Yaqin Şarqning boşqa davlatlari ham yuqori körsatkiçlarga ega. Xususan, Yamanda - 45 kun, Bahraynda - 44 kun, Kuvaytda - 42 kun, Ummonda - 39 kun haq tölanadigan ta’til va bayram kunlari mavjud.

Bunda reytingdagi umumiy körsatkiç ikki qismdan - qonun bilan kafolatlangan yillik haq tölanadigan ta’til hamda haq tölanadigan davlat bayramlaridan taşkil topadi. Şu sababli bir xil natija qayd etgan davlatlarda ta’til va bayram kunlarining nisbati turliça bölişi mumkin.
Yevropa davlatlarining aksariyati jahon böyiça örtaça 30 kunlik körsatkiçga teng yoki undan yuqori natija qayd etgan. Masalan, Islandiyada - 40 kun, Şvetsiya, Portugaliya va Slovakiyada esa 35 kundan.
Rossiyada 2025-yil holatiga köra, umumiy körsatkiç 42 kunni taşkil etgan. Şundan 28 kuni standart asosiy haq tölanadigan mehnat ta’tili, 14 kuni esa davlat bayramlariga töğri keladi.
Osiyoning ayrim yirik iqtisodiyotlarida esa körsatkiç jahon örtaçasidan ança past. Xususan, Xitoyda - 16 kun, Hindistonda - 18 kun, Yaponiyada - 26 kun qayd etilgan.
Tadqiqotda keltirilişiça, dunyo mamlakatlarida qonun bilan belgilangan haq tölanadigan ta’til va bayram kunlarining jami miqdori yiliga 9 kundan 53 kungaça boradi.







