
AQŞning Tinç okeani mintaqasi şimoli-ğarbiy nuqtasi Sietl şahrining meri 1-sentabr kunini Özbekiston mustaqilligi bayrami sifatida nişonlovçi hujjatni imzolagandi. Poytaxt Vaşington meri Miriyel Bauzer ham farmoyişga qöl qöyib, şaharda 1-sentabrni mustaqillik kuni deya eʼlon qildi.
Imzolangan deklaratsiyada mustaqillik kunining ahamiyati, AQŞning esa Özbekiston mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgani körsatib ötilgan.
“Bu yili Respublika öz mustaqilligining 35 yilligini nişonlaydi. Uşbu sana har yili 1-sentabrda bayram qilinib, özbek xalqining boy madaniy merosi, erişgan yutuqlari hamda xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini eʼtirof etadi”, deyiladi mer imzolagan hujjatda.
Miriyel Bauzer fikriça, AQŞdagi elçi Furqat Sidiqov boşçiligidagi diplomatik korpus Vaşington bilan yaqindan hamkorlik qilib, şaharning taʼlim sohasidagi va madaniy xilma-xilligini rivojlantirişga hissa qöşib kelmoqda.
“Biz butun dunyodagi özbek jamoatçiligi bilan birgalikda Özbekiston mustaqilligini nişonlar ekanmiz, döstlik, umumiy ezgu maqsadlarni qadrlaymiz. 2026-yilning 1-sentabri Vaşington va Kolumbiya okrugida “Özbekiston mustaqilligi kuni” deb eʼlon qilinadi”, deyiladi merning deklaratsiyasida.








