«Oldin bir million dollari bölgan tadbirkorni «maska şou» qilib çaqirardi bir joyga... Keça Hoşimov ham şu töğrisida aytdi, lekin oçiqça ayta olmadi.
Çaqirib «sen bu pulni qayerdan olding» deyilardi. Keyin u pul sandiqqa tiqilardi yoki birovga olib borib berilardi.
Mening niyatim - har bir tadbirkorning 10 million, 20 million, 100 million puli bölsin... oçiq halol mehnat qilib, elga baralla körsatib, xalqqa xizmat qilib, bağrikeng tadbirkor böliş uçun barça imkoniyatlar oçiq.
Birov bu pulni qayerdan olding deb tekşirmaydi, adolatli mehnat qilsa, marhamat boy bölsin.
Birinçi marta bu lavozimga kelganimda, xalqim prezidentlik vakolatini berganida, bitta gapni aytardim: Xalq boy bölmasa, davlat heç qaçon boy bölmagan va bölmaydi ham», dedi prezident.
Toşkent şahridagi studiyalardan biridan Forumlar saroyi bilan boğlangan tadbirkor, Dekos kompaniyasi rahbari, MFaktor loyihasi muallifi Hasan Mamasaidov prezidentga mamlakat böylab biznes-inkubatorlarini rivojlantiriş haqida taklif bildirdi.

Şavkat Mirziyoyev uşbu taklifni qöllab-quvvatlab, biznes-inkubatorlar uçun moliyaviy kömak beriş, hududlardan binolar ajratib, ijara uçun tölovlardan voz keçiş kabi kömak körsatiş haqida mas'ullarga topşiriq berdi
«Men keça ukangiz Husanning fikrlarini ham eşitdim. «Qöylar oldiga börilar kelgani» haqida gapirdi. Men buni yaxşi tuşundim. Qörqmanglar, «börilar» tarixda qoldi, endi kelmaydi. Sizlarning tadbirkorlik sohasida könikmalaringizdan foydalaniş kerak.
Qança mablağ kerak bölsa, 10 mln.mi, 20 mln.mi, ajratib beraylik. Özingizga qulay institutdan bepul joy ham oçib beramiz. Sizlar «Biznes inkubator» yaratinglar, yoşlarimizni tadbirkorlikka bepul öqitaylik», dedi davlat rahbari.












