Germaniya Afğonistondan, birinçi navbatda, öz fuqarolari, nemis tuzilmalarida işlagan mahalliy xodimlar, şuningdek, yordamga muhtoj afğonlarni evakuatsiya qilmoqda.

U bu xalqaro hamjamiyat bilan muvofiqlaştirilgan murakkab operatsiya ekanini ta'kidlagan. 

«Şuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan Özbekistonga öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman», degan Germaniya federal kansleri.

Bundan avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer va kansler Angela Merkel bilan Germaniya, Afğoniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolarini Toşkent aeroporti orqali evakuatsiya qiliş işlarini davom ettiriş masalalarini muhokama qilgandi.

Kobuldan evakuatsiya qilinayotganlar uçun Özbekiston alohida terminal ajratdi - «Toşkent-3» aeroporti noma'lum muddatga yopilgan.

Germaniya şu vaqtgaça 900 kişini Kobuldan olib çiqqan. Evakuatsiya qilinganlar Lufthansa va Uzbekistan airways aviakompaniyalari samolyotlari orqali Toşkentdan Frankfurt-Maynga olib borilmoqda.