“ID-Xuroson” guruhi jangarilari Kobul aeroporti yaqinida köplab hujumlar uyuştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Pentagondagi manbalariga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Telekompaniyaning qayd etişiça, AQŞ hukumati terrorçilar aeroportda “xaos yoyişidan” xavotirlanmoqda. CNN manbalarining sözlariga köra, AQŞ razvedkasi “ID-Xuroson” guruhi “köplab hujumlar uyuştiriş imkoniyatiga egaligi va hujumlarni amalga oşirişni rejalaştirgani töğrisidagi" ma'lumotlarga ega.

Ta'kidlanişiça, oxirgi vaqtda AQŞ razvedkasi ekstremistlar tomonidan köplab xatarlarni qayd etmoqda. Afğonistondagi ikki qamoqxonadan IŞIDning 100 ga yaqin tarafdorlari qoçib ketganidan söng AQŞ hukumatining xavotiri yanada kuçaygan.

CNN “ID-Xuroson” a'zolari toliblarning “aşaddiy duşmanlari” ekanligini qayd etgan.