Yaponiyaning Fukuoka prefekturasi okrug sudi “Yakudza” jinoiy guruhining 74 yoşli rahbari Nomora Satorani osib öldirişga hukm qildi. Bu haqda Independent naşri xabar bermoqda.

Uning yordamçisi Fumio Tanoue bir umrga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma'lumot berilişiça, Nomora va Tanoue tört kişining ölimini taşkillaştirişda ayblangan. Tergovda aniqlanişiça, dastlab Kitakusyu şahridagi baliqçilik kooperativi rahbari öldirilgan. Söngra Kitakusyu politsiyasi ofitseri, Nomora davolangan şifoxonada işlaydigan hamşira va kooperativ boşliğining qarindoşini öldirişgan.

Sudyaning qayd etişiça, jinoyatlar öta vahşiylik bilan amalga oşirilgan.

Yaponiya — ölim jazosi saqlanib qolgan rivojlangan davlatlardan biri. Yaponiyadan taşqari, AQŞ, Tayvan va Singapurda jinoyatçilar ölimga hukm qilinadi.