Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda Sreçko Katanets murabbiyligidagi ilk yiğinini ötkazmoqda. Sloveniyalik murabbiy hozirça mahalliy maslahatçilar yordamida çaqirilgan futbolçilarni sinovdan ötkazmoqda. Şu sabab hozirça murabbiy ham, futbolçilar ham bir-biri haqida töliq tasavvurga ega emas.
Ketma-ket ikkinçi kun maşğulotlarda milliy jamoa yetakçisi Jaloliddin Maşaripov qatnaşmadi. Ma'lum bölişiça, futbolçi Şvetsiyaga ketiş uçun kerak böladigan viza masalasini hal qiliş uçun maşğulotlarda qatnaşmaslikka majbur bölgan.


Şuningdek, milliy jamoaning asosiy yulduzi Eldor Şomurodov ham yiğinda qatnaşmayapti. Katta ehtimol bilan «Roma» hujumçisiga töğri Şvetsiya poytaxtida ötadigan öyinga borişga imkoniyat yaratib berilgan. Qolgan futbolçilar töliq tarkibda maşğulotlarda iştirok etyapti.
Hozirça Şvetsiya bilan öyinda kim jamoa sardori bölişi aniq emas. Murabbiy va futbolçilar özaro kelişib Otabek Şukurov yoki Jaloliddin Maşaripovdan birini sardor etib tanlaşi kutilyapti. Şuningdek, Eldor Şomurodov ham sardor bölişi mumkin.
Tribuna.uz muxbirlari boş jamoa maşğulotining OAV uçun oçiq qismini suratga tuşirişdi. Milliy jamoadagi muhit va futbolçilarning kayfiyati haqida uşbu foto va videolavhalarda bilib olişingiz mumkin.












Abdulvosid Valixonov va Mahmud Soliyev tayyorladi











