“Endi samarasiz korxonalar davlatdan qöşimça yordam olmasdan, xususiy sektor kabi  “öz aravasini özi tortişi” şart. Bunda, maşinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, transport kabi tarmoqlardagi 23 ta yirik korxona xalqaro kredit reytinglarini oliş orqali içki va taşqi moliyaviy bozorlarga mustaqil çiqib, investitsiya loyihalari uçun özi mablağ jalb qilişi talab etiladi.

Şuningdek, energiya resurslari bozori erkinlaştirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinadi. Natijada, 2026 yilga borib, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi yiliga qöşimça 30 milliard kilovatt - soatga oşiriladi va jami 100 milliard kilovatt - soatga yetkaziladi.

Kelgusi yilda tabiiy gaz böyiça ham erkin bozor tamoyillarini joriy etiş işlari boşlanadi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini erkinlaştiriş bilan birga, ehtiyojmand aholimizni himoya qiliş uçun ijtimoiy iste'mol normalari kiritiladi.

Şu bilan birga, bank tizimini transformatsiya qiliş orqali xususiy banklarning uluşi, jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkaziladi. Umuman, 2026 yilga borib, xususiy sektorning yalpi içki mahsulotdagi uluşi  67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa 32 foizdan 60 foizga ösişi ta'minlanadi”, dedi prezident.