Samarqandda Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy töğrisida badiiy film suratga olinadi. Bu haqda viloyat Turizm va sport boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga oliy darajadagi taşrifi davomida Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy döstligi haqida hamkorlikda badiiy film suratga oliş taklifi ikki davlat rahbarlari tomonidan qöllab-quvvatlangan. Joriy yil 12 sentabr kuni mazkur kinoloyihani amalga oşiriş maqsadida Tojikiston kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya Samarqand şahriga taşrif buyurgan.

Taşrif davomida Samarqand davlat universitetida tarixçi olimlar, kinoijodkorlar va navoiyşunos olimlardan iborat professor-öqituvçilar bilan uçraşuv bölib ötgan. Uçraşuvda filmni suratga olişda şoirlar hayotida muhim örin tutgan ma'lum manzillarni e'tiborga oliş taklifi bildirilgan.

Şundan söng tojikistonlik mehmonlar film suratga oliş uçun ma'qul lokatsiyalarni örganib çiqişgan. Qayd etilişiça, mazkur film efirga uzatilişi Samarqandga taşrif buyuruvçi sayyohlar oqimining oşişiga xizmat qiladi.