Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Umumiy örta ta'lim taşkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari öquvçilari örtasida fan olimpiadalarini taşkil etiş, ötkaziş hamda xalqaro olimpiadalar iştirokçilarini saralaş va ğoliblarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom (1);
Özbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uçun «Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab» tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom.
Nizomga (1) asosan maktablar örtasida umumta'lim fanlari böyiça quyidagi olimpiada turlari taşkil etiladi: asosiy olimpiada; qöşimça respublika olimpiadalari; onlayn olimpiada; nufuzli xalqaro olimpiadalar; mintaqaviy xalqaro olimpiadalar.
Asosiy olimpiadalar 4 bosqiçda muayyan fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda quyidagi muddatlarda ötkaziladi: I bosqiç - maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentabr oyida; II bosqiç - tuman (şahar) miqyosida oktabr oyida; III bosqiç - Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida noyabr oyida; IV bosqiç - respublika miqyosida barça fanlardan aprel-may oylarida.
Barça fanlardan nazorat turlari, şakllari, baholaş mezonlari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
4-bosqiçda umumta'lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqiç öquvçilari iştirok etadilar.
Har bir fan böyiça töplangan ballarga muvofiq 1, 2, 3-örinlarni egallagan öquvçilar ğolib hisoblanadi. Asosiy olimpiadalar ğoliblari pul mukofotlari oladi.
4-bosqiç ğoliblariga ixtisoslik fani böyiça davlat oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va 3 yil muddat davomida amal qiluvçi elektron sertifikatlar beriladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani böyiça mazkur sertifikatni olgan öquvçilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqi beriladi.
Prezidentning sovrini uçun «Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab» tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga asosan tanlov har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) öqitiladigan maktablar örtasida ötkaziladi.
Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan maktab har yili 20 sentyabrga qadar Xalq ta'limi vazirligining axborot tizimida maktab terma jamoasini röyxatdan ötkazadi.
Röyxatdan ötgan maktab har yili 20 oktyabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni öqitiş böyiça belgilangan asosiy körsatkiçlarini kiritadi.
Har bir maktabdan bitta til böyiça bitta terma jamoa iştirok etişi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar öquvçidan taşkil topadi. Tanlov 3 bosqiçda quyidagi muddatlarda ötkaziladi:
I bosqiç (tuman bosqiçi) - har yili fevral oyida. Bunda xorijiy tillarni biliş darajasi test topşiriqlari vositasida sinovdan ötkaziladi;
II bosqiç (hududiy bosqiç) - har yili aprel oyida. Uşbu bosqiçda quyidagilar baholanadi: iştirokçilarning tinglab tuşuniş (listening), yoziş (writing), öqiş (reading) va leksik-grammatik könikmalari;
III bosqiç (respublika bosqiçi) - har yili avgust oyida. Uşbu bosqiçda quyidagilar tekşiriladi: iştirokçilarning tinglab tuşuniş (listening), yoziş (writing), gapiriş (speaking) va öqiş (reading) könikmalari çet tilini bilişning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan ötkaziladi hamda tegişli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi.
Respublika bosqiçida 1-örinni kölga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida e'lon qilinadi. Tanlov ğoliblari Prezident sovrini bilan mukofotlanadi.












