Agentlikning ma'lum qilişiça, Pokiston poytaxti Islomoboddan reysni Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegişli samolyot bajargan. Ta'kidlanişiça, uning bortida bor-yöği 10 kişi bölgan.

Kobulda Islomobodga qaytiş reysini 100ga yaqin kişi, asosan Jahon banki kabi xalqaro taşkilotlar xodimlarining yaqinlari kutgan.

“Tijorat reyslarining tiklanişi tegişli hujjatlarga ega afğonlarga mamlakatni erkin tark etişga ruxsat berişga va'da bergan toliblar uçun muhim sinov böladi”, deb yozgan agentlik.

Ötgan hafta Qatar Airways aviakompaniyasi Kobuldan bir neçta charter reysni amalga oşirgandi. Ular bortida asosan xorijliklar va mamlakatdan evakuatsiya qilinmay qolgan afğonlar bölgan.

Avvalroq bir neçta aviakompaniya maqbul şaroitlar yaratilsa, Kobul aeroportiga parvozlarni amalga oşiriş istagini bildirgandi.