Afğoniston milliy aviatsiya ma'muriyati aeroport soat 6dan 18gaça 12 soat işlaşini e'lon qilgan.

Ma'muriyat vakillarining ta'kidlaşiça, aeroportdan birinçi xalqaro tijorat reysi 19 sentyabrda Pokiston poytaxti Islomobodga amalga oşirilgan. Şuningdek, aeroportni tungi parvozlar uçun tayyorlaş uçun çoralar körilmoqda. 

Afğoniston fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi Özbekiston, BAA, Tojikiston va boşqa davlatlardan Kobulga parvozlarni tiklaşni iltimos qilgan.

26 avgustda Kobul aeroporti yaqinida uçta portlaş sodir etilgan. Birinçi holatda terrorçi-xudkuş aeroportga kiriş joyida töplanib turgan olomon içida özini portlatgan. Ikkinçi holatda Baron mehmonxonasi yaqinida minalaştirilgan maşina portlatilgan.

Hujum oqibatida kamida 12 amerikalik harbiy halok bölgan, 15 nafari yaralangan. Şuningdek, Wall Street Journal naşri hujum vaqtida halok bölganlar soni 60dan oşgani, 150 kişi jarohatlanganini ma'lum qilgan.