2021 yil 24 oktyabr kuni Özbekiston prezidenti saylovi bölib ötadi. Saylovda respublikadagi 5ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar iştirok etişi tasdiqlandi. Quyida ular haqidagi ayrim ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Alişer Qodirov. «Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod

U ayni paytda mazkur partiya raisi lavozimida işlab kelmoqda.

Nomzod 1975 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Mutaxassisligi filolog, iqtisodçi.

Alişer Qodirov 1996 yil Turkiyaning Egey universitetini, 2009 yili Toşkent moliya institutini, 2011 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

1996-1997 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jizzax viloyati boşqarmasi yetakçi mutaxassisi bölib işlagan. 1997-2008 yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş boşqarmasi yetakçi mutaxassisi, bölim boşliği va boşqarma boşliğining örinbosari bölgan.

2008–2015 yillarda Jizzax viloyati Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. 2014 yilda parlamentning Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan. 2017-2019 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari lavozimida işlagan.

Narzullo Oblomurodov. Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod

Nomzod 2021 yil 1 fevraldan Ekologik partiya markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Oblomurodov 1975 yil Samarqand viloyatida tuğilgan. 1996 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda 2000 yilda Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi.

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamda Toşkent moliya institutida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Uzoq yillar bank-moliya hamda davlat boşqaruv organlari tizimida, jumladan, Prezident administratsiyasida mas'ul lavozimlarda işlagan.

2020-2021 yillarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari bölgan.

Maqsuda Vorisova. Prezidentlikka nomzod sifatida röyxatga olingan yagona ayol

U 1961 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1984 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi şifokor.

Vorisova 1984-1987 yillarda Toşkent davlat meditsina instituti klinikasi internaturasida, 1987-1989 yillarda Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi 6-sonli poliklinika şifokor-terapevti, 1989-2003 yillarda Toşkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qişloq vraçlik punkti şifokor-terapevti sifatida faoliyat yuritgan.

2003-2018 yillarda Toşkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qişloq vraçlik punkti mudiri, 2018-2018 yillarda Zangiota tumani tibbiyot birlaşmasining 19-qişloq oilaviy poliklinikasi mudiri bölib işlagan.

2018 yildan hozirga qadar Özbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengaşi rais örinbosari lavozimida işlab kelmoqda.

Bahrom Abduhalimov. «Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod

Bahrom Abduhalimov 1959 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Mutaxassisligi filolog, tarixçi.

1981 yilda Toşkent davlat universitetining şarqşunoslik fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1981-1983 yyillarda Liviya davlatida tarjimonlikdan boşlagan.

30 yil davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimida kiçik xodim, ilmiy kotib, katta ilmiy xodim, doktorant, yetakçi ilmiy xodim, direktor örinbosari, direktor lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

2003-2004 yillarda Toşkent xalqaro Vestminster universiteti prorektori, 2006-2008 yillarda Özbekiston prezidentining millatlararo munosabatlar masalalari va din işlari böyiça davlat maslahatçisi bölib işlagan.

2020 yildan «Adolat» partiyasi siyosiy kengaşi raisi. 

Beşinçi nomzod Şavkat Mirziyoyev. Uning nomzodi ÖzLiDeP tomonidan ilgari surilgan.

Amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatida tuğilgan. Mutaxassisligi muhandis-mexanik.

1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda mazkur institutda boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işlagan.

1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat körsatgan.

1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlanadi. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001-2003 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlagan.

1995-2003 yillarda Oliy Majlis deputati. 2003 yilda Özbekiston boş vaziri etib tasdiqlangan. U uşbu lavozimda 2016 yilga qadar faoliyat yuritgan.

2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötgan saylovda 88,61 foiz ovoz töplab, Özbekiston prezidenti etib saylangan. 2016 yil 14 dekabrda rasman öz vazifasini bajarişga kirişgan.

Eslatib ötamiz, qonunga asosan joriy yil 20 sentyabrdan mazkur  nomzodlarning saylovoldi taşviqoti boşlanadi.