Yaponiyada mamlakat aholisining 29,1 foizini keksa yoşlilar taşkil etmoqda, bu rekord körsatkiç hisoblanadi, deb yozmoqda Mainichi naşri.

Şuningdek, keksa yoşlilar barça işlovçi fuqarolarning 13,6 foizini taşkil etgan. Naşr buni «jamiyat tez qarişining yana bir isboti» deb izohlagan.

Yaponiyada 65 yoşdan kattalar «keksa» deb hisoblanadi. 2021 yil sentyabr oyi holatiga ularning soni 36,4 million nafarni taşkil etgan.

Italiya dunyoda keksa yoşli aholi uluşi böyiça Yaponiyadan keyingi örinda turibdi. Bu mamlakatda keksalar aholining 23,6 foizini taşkil etadi. Uçinçi örindagi Portugaliyada bu raqam 23,1 foizga teng.