“Farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasini zamon talablari asosida taşkil etiş, ularni talab yuqori va raqobatbardoş bölgan mutaxassislik va kasb-hunarlarga öqitiş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun zarur şaroitlar yaratiladi.
Viloyatda kelgusi beş yilda 52 ta davlat va 1 ming 300 ta oilaviy boğça taşkil etiladi. Ayniqsa, maktabgaça ta'lim taşkilotlari mavjud bölmagan 58 ta mahallada 116 ta oilaviy boğça taşkil etiladi. Buning hisobiga, maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 68 foizdan 82 foizga yetkaziladi.
Viloyatda 37 ta yangi maktab quriladi, 473 ta maktab rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi. Natijada, 101 mingdan ziyod qöşimça öquvçi örinlari yaratilib, 512 mingtaga yetkaziladi. 132 ta maktabda zamonaviy sport zallari quriladi.
Oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 50 foizga yetkaziladi. Buning uçun Namanganda kelgusi beş yilda 7 ta oliygoh taşkil etilib, jami oliy öquv yurtlari soni 10 taga yetkaziladi. Ibrat ijod maktabi negizida Çet tillar oliygohi taşkil etiladi.
Talabalarni turar joy bilan ta'minlaş maqsadida qöşimça 3 ming 600 örinli 9 ta yangi yotoqxona qurib bitkaziladi. Natijada, talabalar turar joyiga ehtiyoj hozirgi 15 foizdan 54 foizga ta'minlanadi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.












